Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda hamshirani farzandi oldida kaltaklaganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Surxondaryo viloyati prokuraturasi Denov tumanidagi shifoxonada ikki ayol hamshirani farzandi oldida kaltaklashi holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
18 oktyabr kuni soat 10:30 larda Denov tumani Sil kasalliklari shifoxonasi bosh hamshirasi D.I. o‘ziga tanish bo‘lgan S.Q. hamda S.T. bilan oldindan ziddiyati bo‘lganligi sababli o‘zaro janjallashib, janjal vaqtida D.I. ni urib, unga «yengil» tan jarohati yetkazilgan.
Viloyat IIB ma’lumotiga ko‘ra, hamshirani kaltaklayotgan ayol u bilan janjallashgan hamshiraning onasi bo‘lgan. Holatni jabrlangan hamshiraning voyaga yetmagan qizi qo‘l telefonida tasvirga olib turgan.
Mazkur holat yuzasidan Denov tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra, 23 oktyabr kuni S.Q. va S.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b» bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov harakatlarining borishi tuman prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Mavzuga oid
20:58 / 08.06.2026
Surxondaryoda Aleksandr Fedin barpo etgan bog‘ saqlab qolinadigan bo‘ldi
13:33 / 08.06.2026
Surxondaryoda ham IIB xodimi voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda gumonlanmoqda
08:51 / 03.06.2026
Surxondaryoda suv omborida qayiq ag‘darilishi oqibatida bir fuqaro cho‘kib ketdi
11:00 / 15.05.2026