Jahon | 17:17 / 24.10.2022
12806
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina Bosh shtabi rossiyalik harbiylarni asirga tushishga chaqirdi

Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi rossiyalik harbiylarni asir tushishga chaqirgan videomurojaatni e’lon qildi. 

Foto: Reuters

«Siz xorijiy davlat hududidasiz va Rossiya rahbariyatining harbiy jinoyatlarida qatnashyapsiz. Sizlarni har kuni o‘limga yuborishmoqda. Qo‘mondonligingiz uchun sizlar - ishlatiladigan material. Hech kim yo‘qotishlarni hisoblamaydi. O‘zingizga savol bering: «Nima uchun kurashyapsiz?». Rahbarlaringizning hokimiyatni yo‘qotishidan qo‘rqishi, sizdan va oilangizdan o‘g‘irlangan pulga yaratilgan turmush tarzi uchun, ularning ahmoqligi va qobiliyatsizligi uchunmi?» - deyiladi Ukraina armiyasi qo‘mondonligi bayonotida.

Bundan oldin Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabining ertalabki hisobotida Belarus hududidan Ukrainaning muhim infratuzilmasiga raketa va havo hujumlari, jumladan, Eronning uchuvchisiz uchoqlari tomonidan zarba berilishi xavfi mavjudligi aytilgandi. 

Unda qayd etilishicha, oktabr oyida Belarusda safarbarlik resurslarini tekshirish davom etmoqda. Mahalliy ijro hokimiyati organlari huzurida ishga qabul qilinishi mumkin bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni tekshirish va aniqlashtirish bo‘yicha maxsus guruhlar tashkil etilgan. 

Harbiy yoshdagi erkaklarning faoliyat turi, harbiy mutaxassisliklari va oilaviy ahvolini aniqlashtirish davom etmoqda.

Bundan tashqari, Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi rossiyaliklar Zaporijjya AES ishchilariga jismoniy va ma’naviy bosim o‘tkazib, ularni «Rosatom» bilan shartnoma imzolashga majbur qilayotgani haqida xabar berdi. 

Mavzuga oid