O‘zbekiston | 15:44 / 25.10.2022
4867
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qaror imzoladi

“2022–2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qarorga ko‘ra joylarda ichki yo‘llar, ichimlik suv, elektr energiyasi va gaz ta’minoti hamda ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa infratuzilma obektlari yaxshilanadi.

Hokimliklar, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Hududgazta’minot”, “O‘zsuvta’minot” va boshqa buyurtmachi tashkilotlar 2022 yil 15 noyabrga qadar dasturlar doirasida amalga oshiriladigan loyihalarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqadi.

Dasturlar doirasidagi qurilish-ta’mirlash ishlari “Obod qishloq” va “Obod mahalla” jamg‘armalari orqali moliyalashtiriladi. 

2022 yilda ajratilib, yil yakuniga qadar o‘zlashtirilmasdan qolgan mablag‘lar davlat budjetiga qaytarilmaydi va ushbu mablag‘lar 2023 yilda dasturlarda nazarda tutilgan obektlarning qurilish-ta’mirlash ishlarini yakunlashga yo‘naltiriladi.

Tuman (shahar) sektorlari va boshqa hududiy tashkilotlar rahbarlari har oyda xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga dasturlar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida hisobot berib boradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid