Kiyev: Ozod etilgan hududlarda 1000 ga yaqin jasad eksgumatsiya qilindi

Foto: Reuters
Rossiya qo‘shinlaridan yaqinda ozod qilingan hududlarda 1000 ga yaqin halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va tinch aholining jasadi eksgumatsiya qilindi. Bu haqda Ukrainaning vaqtincha bosib olingan hududlarni reintegratsiya qilish vazirligi xabar berdi.
Izyumdagi eng katta ommaviy qabrlardan faqat bittasi joylashgan joyda 450 ta jasadlar eksgumatsiya qilingan, deyiladi xabar davomida.
«Okkupantlarning vahshiyliklariga oid hayratlanarli faktlar oshkor etilyapti: halok bo‘lganlar orasida nafaqat harbiylar, balki tinch aholi - kattalar va bolalar ham bor. Ammo aniq ma’lumotlar ekspertizadan so‘ng ma’lum bo‘ladi», — deya ta’kidladi vazirlik.
Bundan oldin Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi «Gruppa Vagnera» xususiy harbiy kompaniyasi gepatit C va OIV infeksiyasi kabi jiddiy yuqumli kasalliklarga chalingan mahkumlarni Ukraina bilan urushga jo‘natayotganini bildirgandi.
«Bu holat keng tarqalgan. Shu tariqa, OIV yoki gepatit C bilan tasdiqlangan yuzdan ortiq mahkum Leningrad viloyati Metallostroy posyolkasidagi birgina 5-sonli axloq tuzatish koloniyasidan "Vagner" XHKga safarbar qilingan», - deydi razvedkachilar. Ularning so‘zlariga ko‘ra, OIV bilan kasallangan jangchilarga qo‘mondonlik qizil brasletlar, gepatit C'ga ega bo‘lganlarga esa oq rangli brasletlar taqib qo‘yadi. Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi asirga olingan ruslar orasida bunday kasalliklarga chalingan odamlar aniqlanganini qo‘shimcha qildi.
Ukraina harbiylariga ko‘ra, bu holat rus qo‘shinlarida keskinlikni keltirib chiqarmoqda, shifokorlar bunday kasalliklarga ega yaradorlarga yordam berishdan bosh tortmoqda. BRB idora bunday ma’lumotni qayerdan olganini ochiqlamadi.
Tavsiya etamiz
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston | 20:25 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Levi's®ʼning O‘zbekistonga qaytishi: yangi konsepsiya, yangi qarash
Jamiyat | 18:00
-
Foto: "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida bayram tantanasi qanday o‘tdi?
O‘zbekiston | 17:58
-
O‘zbekiston Nauru bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi
O‘zbekiston | 17:40
-
Fransiya kompaniyasi O‘zbekistonda quriladigan kichik AES loyihasida ishtirok etishi mumkin
O‘zbekiston | 17:37
Mavzuga oid

08:51 / 20.03.2025
Kiyev: Rossiya qurolli kuchlari Ukrainaga yirik havo hujumini amalga oshirmoqda

08:53 / 17.03.2025
The Independent: Kiyev muzokaralarning «qizil chiziqlari»ni belgilab oldi

11:40 / 06.03.2025
AQSh va Kiyev yaqinda Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qilishi mumkin

11:08 / 06.03.2025