Ukraina hukumati Xerson oblastida o‘nlab «qodirovchilar» o‘ldirilganini xabar qildi
Ukraina qurolli kuchlari chechen polkining Xerson oblastidagi bazasiga zarba berishi oqibatida 40 dan ortiq jangchi halok bo‘lib, 200 nafarga yaqini yaralangan. Bu haqda Xerson oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Xlan ma’lum qildi.
Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi esa zarba Kaira qishlog‘idagi maktabga yo‘llangani, natijada «kamida 30 kishi halok bo‘lgani»ni ma’lum qildi.
O‘z navbatida, chechenlarning muxolifatchi 1ADAT Telegram kanali Rosgvardiyaning Chechenistondagi bo‘linmasi hisoblangan «Neftepolk» maxsus bo‘linmasidagi «qodirovchilar» zarbaga uchragani va kamida yuz kishi halok bo‘lganini xabar qilgan.
Telegram va YouTube kanallarida vayron bo‘lgan bino xarobalaridan omon chiqqan va chechen tilida so‘zlashib, yaradorlar holidan xabar olayotgan harbiylar aks etgan videolar tarqalgan.
Rossiya qo‘mondonligi jangchilar halokati haqidagi xabarlarni rasman tasdiqlamadi.
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov chechen jangchilari yoppasiga halok bo‘lgani haqidagi xabarlar ortidan Telegram kanalida ovozli xabar qoldirib, Rossiya ukrainlarning zarbalariga «zaif javob qaytarayotgani»ni aytgandi. Shu bilan birga u chechen harbiylari o‘limi haqida to‘xtalmagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarga ko‘ra, chechenlar Telegram kanallarda tarqatgan videolari orqali o‘z pozitsiyasini bildirib qo‘yishgan.
40 dead Kadyrovskis and 100 more missing, that is the result after they posted their position on Telegram. Footage shows them before Ukrainians eliminated their base. #Chechnya #Ukraine pic.twitter.com/5DH8UKAEML
— (((Tendar))) (@Tendar) October 26, 2022
Mavzuga oid
19:20
Lukashenko Ukrainani qayta tiklashga yordam taklif qildi
11:40
NATO yangi bosh kotibi Ukrainaga tashrif buyurdi
09:40
NATO yangi bosh kotibi G‘arbning Ukrainaga yordamini kuchaytirishga va’da berdi
23:19 / 03.10.2024