O‘zbekiston | 07:35 / 27.10.2022
2397
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi o‘tkaziladi

31 oktabr-4 noyabr kunlari Toshkentda INFOLIB – 2022 XI Milliy axborot-kutubxona haftaligi va Tashkent Book Fest III Toshkent xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi o‘tkaziladi.

Foto: Kun.uz

«Kitobsevar millat» shiori ostida o‘tkazilayotgan mazkur haftalik Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va hududiy axborot-kutubxona markazlarida bo‘lib o‘tadi.

Haftalik doirasida 2-4 noyabr kunlari poytaxtdagi OʼZEKSPOMARKAZ majmuasida Tashkent Book Fest III Toshkent xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi tashkil etiladi.

Unda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga bag‘ishlangan tadbirlar, xorijiy va mahalliy kitob mahsulotlari bilan tanishish, yangi asarlar taqdimoti, yozuvchi, shoirlar hamda soha mutaxassislari bilan tashkil etiladigan davra suhbatlari, seminarlar, mahorat darslari va treninglar o‘tkazish rejalashtirilgan.  

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid