O‘zbekiston | 12:58 / 29.10.2022
13353
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston doimiy aholi soni bo‘yicha MDHda uchinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholi soni bo‘yicha MDHda uchinchi o‘rinda qayd etildi.

Foto: Kun.uz

2022 yilning 1 yanvar holatiga respublikadagi doimiy aholi soni 35,3 mln kishini tashkil etgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil 1 yanvar holatiga MDH davlatlarida doimiy aholi sonining foizdagi ulushida Rossiya yetakchilik qilmoqda –51,3 foiz.

Undan keyingi o‘rinlardan doimiy aholi sonining foizdagi ulushi 14,6 foiz hamda 11,9 foizni tashkil qiluvchi Ukraina va O‘zbekiston joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • Qozog‘iston – 6,5 foiz;
  • Ozarboyjon – 3,5 foiz;
  • Belarus R. – 3,3 foiz;
  • Tojikiston – 3,2 foiz;
  • Qirg‘iziston – 2,3 foiz;
  • Turkmaniston – 1,5 foiz;
  • Armaniston – 1,0 foiz;
  • Moldova – 0,9 foiz.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid