Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda MAN yuk mashinasida yong‘in chiqdi
Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida MAN yuk mashinasida yong‘in chiqdi. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.
29 oktyabr kuni taxminan soat 21:43 larda Yakkabog‘ tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga fuqarolardan yuk mashinasi yonayotgani to‘g‘risidagi xabar kelib tushgan. Voqea joyiga soat 21:50 larda qutqaruv xizmatidan bitta bo‘linma yetib borib, yong‘inni taxminan soat 22:13 lar atrofida to‘liq o‘chirgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu transport vositasi Samarqand viloyatida yashovchi fuqaro boshqaruvida bo‘lgan. Voqea payti mazkur yuk avtomobili tumanning «Oqtosh» MFY hududidan o‘tuvchi yo‘l yoqasida to‘xtab turgan.
Yong‘in oqibatida yuk avtomobilining old (kabina) qismi yonib zararlangan. Hech kim tan jarohati olmagan. Yong‘in sababi va yetkazilgan zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda.
Qashqadaryo IIB bergan ma’lumotga ko‘ra, yong‘in elektr simlarida qisqa tutashuv yuz bergani sababli kelib chiqqan.
Mavzuga oid
09:31 / 13.06.2026
Ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan “soxta prokuror“ ushlandi
17:18 / 08.06.2026
Qashqadaryodagi portlashda 6 kishi halok bo‘lgan
15:27 / 08.06.2026
Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash ro‘y berdi
10:33 / 25.05.2026