Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning eng badavlat oilalari ro‘yxati e’lon qilindi
Amerikaning Walmart ulgurji va chakana savdo tarmog‘iga egalik qiluvchi Uoltonlar qatorasiga 4 yildan beri dunyoning eng badavlat oilasi bo‘lib turibdi.
Bloomberg tuzgan reytingga ko‘ra, Uolton oilasining boyligi 224,5 milliard dollarga baholangan, yil davomida u 13,7 milliard dollarga kamaygan.
Walmart 1962 yilda tadbirkor Sem Uolton tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, dunyo bo‘ylab do‘konlari soni 10,5 mingdan oshadi, shtab-kvartirasi Bentonvilda (Arkanzas) joylashgan, kompaniyaning yillik daromadi 573 milliard dollarga teng. Uolton oilasi tarmoq aksiyalarining 47 foiziga egalik qiladi.
Shuningdek, eng badavlat 10 ta oila qatoriga quyidagilar kiradi:
● Mars oilasi, Mars qandolatchilik mahsulotlari va uzoq muddat saqlanadigan oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi kompaniya egalari – 160 milliard dollar (yil davomida boyligi 18 milliard dollarga ko‘paygan);
● Kox oilasi, Amerikaning Koch Industrues neft-kimyo korporatsiyasi egalari – 124,4 milliard dollar (+4,4 milliard dollar);
● Ol Saud – Saudiya Arabistoni qiroli oilasi - 105 milliard dollar (+5 milliard dollar);
● Erme oilasi, Fransiyaning Hermes modalar uyi egalari — 94,6 milliard dollar (-17 milliard dollar);
● Ambani oilasi, Hindistonning Reliance Industries neft qazib olish va qayta ishlash xoldingi egalari – 84,6 milliard dollar (-9,1 milliard dollar);
● Vertxaymer oilasi, Fransiyaning Chanel modalar uyi egalari – 79 milliard dollar (+17,2 milliard dollar);
● Kargill oilasi, Cargill qishloq xo‘jaligi kompaniyasi egalari – 65,2 milliard dollar;
● Tompson oilasi, Reuters axborot agentligining nazorat paketi egalari – 61,2 milliard dollar;
● Hoffman oilasi, Roche Holding Shveytsariya farmatsevtika kompaniyasi minoritar egalari – 45,1 milliard dollar.
Hammasi bo‘lib reytingga 25 oila kiritilgan.
Ular orasida Germaniyaning Aldi chegirmali do‘konlar tarmog‘iga egalik qiluvchi Albrext oilasi (41,4 milliard dollar), Cox Enterprises telekommunikatsiya kompaniyasiga egalik qiluvchi Koks oilasi (28,3 milliard dollar), Hindistonning Hapoorji Pallonji Group qurilish kompaniyasi egasi Mistri oilasi va boshqalar bor.
Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi eng badavlat 25 oilaning umumiy boyligi 1,5 trillion dollarni tashkil etadi, bu o‘tgan yilgidan 143 milliard dollarga kam.
Agentlikning qayd etishicha, Rokfeller kabi ba’zi o‘ta badvalat oilalarning boyligi reytingga kiritilmagan, chunki ularning mol-mulkini «izlab topish, hisoblab chiqish juda qiyin».
Oktyabr oyi o‘rtalarida Henley & Partners kompaniyasi New World Wealth bilan birgalikda boyligi 100 million dollardan oshadigan badavlat odamlar (sentimillionerlar) sonini hisoblab chiqqan edi.
Tadqiqotga ko‘ra, dunyodagi sentimillionerlar soni 25 490 kishini tashkil qiladi. Ular asosan texnologiya va transmilliy kompaniya egalari, moliyachilar va meros orttirgan boylardir. Oxirgi 20 yil ichida ularning soni ikki baravar oshdi.
Qo‘shma Shtatlarda barcha sentimillionerlarning 38 foizi (9730 nafar) yashaydi, Xitoy va Hindiston mos ravishda ikkinchi (2021) va uchinchi (1132) o‘rinlarda.
Keyingi o‘rinlarda Buyuk Britaniya (968), Germaniya (966), Shveytsariya (808), Yaponiya (765), Kanada (541), Avstraliya (463) va Rossiya (435) joylashgan.
Mavzuga oid
15:53 / 23.11.2022
AQShda Walmart supermarketidagi otishma oqibatida odamlar halok bo‘ldi
20:04 / 18.09.2021
Bloomberg dunyoning eng boy oilalari reytingini e'lon qildi
18:51 / 17.09.2021
Dunyoning eng yirik oilaviy kompaniyalari reytingi e'lon qilindi
18:23 / 04.06.2021