Sport | 14:11 / 31.10.2022
29202
21 daqiqa o‘qiladi

«Liverpul» yana yutqazdi, Madridda yana drama. Hafta o‘yinlari

Shanba va yakshanba kunlari Yevropa futbolida ro‘y bergan asosiy voqealar.

Angliya: irodali «Tottenhem», «Liverpul» va «Chelsi» uchun shok, «Arsenal» hamon peshqadam

Lester – Manchester Siti 0:1
Gol: 0:1 – 49 de Bryuyne.
Lester – Uord, Kastan, Amarti, Fas, Seyundjyu (Daka, 72), Jastin, Tilemans, Dyuzberi-Xoll (Mendi, 46), Meddison, Barns, Vardi (Iheanacho, 71).
Manchester Siti – Ederson, Stounz, Laport, Akanji (Ruben Diash, 72), Joau Kanselu, Gundo‘g‘an, de Bryuyne, Rodri, Grilish, Bernardu Silva, Alvares (Foden, 77).

«Siti» Lesterga jarohat olib safdan chiqqan Holandsiz tashrif buyurdi, norvegiyalik forvard Angliyaga kelganidan buyon ilk bor APL o‘yinini o‘tkazib yubordi. Keskin vaziyatlar deyarli kuzatilmagan birinchi bo‘lim Kopenhagendagi YeChL o‘yinini eslatib yubordi, Xosep Gvardiola g‘alaba muhim bo‘lmagan o‘sha o‘yinda o‘zining asosiy hujumchisiga dam bergan va o‘yin golsiz durang bilan yakunlangandi.

Ammo tanaffusdan keyin boshqacha o‘yin kechdi. Daniyada jamoani durang qoniqtirgan bo‘lsa, bu shanbada turnir jadvalida «Arsenal»ni ta’qib etayotgan jamoaga faqat g‘alaba kerak edi va De Bryuyne jarima nuqtasidan yo‘llagan aniq zarbasi bilan «tulkilar» mudofaasini taslim etdi. Bu gol g‘alaba goli bo‘lib chiqdi va belgiyalik sardordan tashqari darvozani ishonchli qo‘riqlagan Edersondan minnatdor bo‘lish kerak. Yana bir vaziyatda «Lester» hisobni tenglashtirishga juda yaqin kelgandi, ammo Tilemansning zarbasi shedevr golga aylanishiga darvoza to‘sini xalal berdi.

Brayton – Chelsi 4:1
Gollar: 1:0 – 5 Trossar, 2:0 – 14, avtogol Loftus-Chik, 3:0 – 42, avtogol Chaloba, 3:1 – 48 Haverts, 4:1 – 90 Gross.
Brayton – Sanches, Dank, Uebster, Estupinyan, Lallana (Ensiso, 65), March, Mak Allister, Kaysedo, Mitoma (Lempti, 73), Gross, Trossar (Sarmiyento, 87).
Chelsi – Arrisabalaga (Mendi, 46), Tiago Silva, Kukurelya (Chiluell, 64), Chaloba, Pulishich (Broya, 79), Kovachich, Loftus-Chik, Maunt, Gallaher (Ziyosh, 79), Haverts, Sterling (Obameyang, 63).

Grem Potterning sobiq jamoasiga qarshi o‘yini Angliyadagi turning o‘ziga xos o‘yiniga aylandi. Bu murabbiy «Brayton»ga mag‘lubiyatsiz seriya qayd etgan holda tashrif buyurdi. «Chaykalar» esa o‘yin boshidanoq bu seriyani yakunlash istagini namoyish eta boshlashdi. Tiagu Silva bunga qarshilik ko‘rsatdi, bir necha daqiqa ichida ikki bor bo‘sh darvozaga kirib ketayotgan to‘pni boshi bilan qaytarib yubordi, ammo «Chelsi» himoyasi ajoyib mavsum o‘tkazayotgan Trossarni to‘xtata olmadi.

Ko‘klar ochiqchasiga raqib bosimiga dosh bera olmadi va ko‘p o‘tmay Loftus-Chik nomiga yozilgan avtogol bilan hisobdagi farq oshdi. Mehmonlar ham javob hujumlari uyushtirishdi va bo‘lim davomida hisobni tenglashtirishlari ham mumkin edi, ammo mezbonlar darvozasidagi Sanches yuqori darajada o‘yin namoyish etdi, «Brayton»ning hujumdagi faollikni davom ettirishi esa Kepa uchun dahshatli tushni davom ettirdi, uni yana bir bor o‘z jamoadoshi boshi berk ko‘chaga solib qo‘ydi. Bunday sur’atda Roberto De Dzerbi muxlislar yoqimtoyiga aylanishda davom etadi, chunki «chaykalar» APLda Potter boshqaruvida kechgan 120 o‘yinda biror marta bunday birinchi bo‘limni o‘tkazishmagandi.

«Chelsi» tanaffusda darvozabonni almashtirdi va ikkinchi bo‘lim Haversning goli bilan boshlandi. Faqat hech qanday kambek ro‘y bermadi va Potter jamoada ilk mag‘lubiyatini tan oldi. Qolaversa, Mendi ham darvozasi daxlsizligini saqlab qololmadi, qo‘shimcha daqiqalarda Gross hisobni yana yiriklashtirdi.

Bornmut – Tottenhem 2:3
Gollar: 1:0 – 22 Mur, 2:0 – 49 Mur, 2:1 – 57 Sessenon, 2:2 – 73 Devis, 2:3 – 90+2 Bentankur.
Bornmut – Trevers, Smit, Senesi, Mifem, Zemura, Taverne (Frederiks, 78), Lerma, Kuk, Billing (Entoni, 63), Mur, Solanke (Stivens, 89).
Tottenhem – Loris, Emerson (Perishich, 63), Devis, Langle, Sanches (Dayyer, 58), Sessenon (Xil, 84), Xeyberg, Bissuma (Bentankur, 58), Skipp (Lukas Moura, 46), Son Hyon Min, Keyn.

«Chelsi» bir necha kun ichida ikkita hissiyotlarga boy o‘yin o‘tkazgan «Tottenhem»dan namuna olishi kerak. YeChL guruh bosqichida «Sporting»ga qarshi o‘yinda «shporlar» mag‘lubiyatdan qutulib qolishgan, qo‘shimcha daqiqalardagi gol evaziga g‘alabani ilib ketgandek bo‘lgandi. O‘shanda Keynning goli bekor qilindi, ammo «Bornmut»ga qarshi safar o‘yini heppi-end bilan yakunlandi, holbuki bu o‘yinda ikki to‘p farqini yo‘qotish talab etilardi.

Bu safar ham sehrli tayoqcha rolini Bentankur bajardi, ushbu urugvaylik «Sporting»ga qarshi o‘yinda bo‘lgani kabi burchak zarbasidan keyin gol urdi. Farqi shundaki, bu safar uzatilgan to‘pga to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba emas, hujumning yakunida zarba berildi. Va bu yerda tasodifiylik yo‘q: kuchli uchlikdagi o‘rnini saqlab qolayotgan Antonio Konte jamoasi o‘tgan mavsum boshidan buyon chempionatda to‘rtinchi bor g‘alaba golini 90-daqiqadan keyin urmoqda va bu borada jamoaning tengi yo‘q.

Liverpul — Lids 1:2
Gollar: Saloh (14) — Rodrigo (5),  Sammervill (89).
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold (Milner, 79), van Deyk, Gomes, Roberson, Elliott (Jons, 60), Tiago Alkantara, Fabino (Henderson, 61), Firmino, Saloh, Nunes. 
Lids – Mele, Kristensen, Kuper, Kox, Streyk, Roka, Adams, Harrison (Nonto, 72), Aaronson, Rodrigo (Bemford, 52), Sammervill (Eyling, 90+1).
Ogohlantirish: Sammervill (90).

«Liverpul» trendni davom ettirdi va o‘ziga yana muammo tug‘dirdi. Gomes yana antiqahramonga aylandi, u avvaliga qanotda to‘pni raqibdan olib qo‘ydi, keyin darvozabon hududiga pas uzatdi, to‘p van Deyk va Alisson o‘rtasidan o‘tib bo‘sh darvoza qarshisida paydo bo‘lgan Rodrigoga bordi, hisob 4-daqiqadayoq ochildi. Lekin qizillar javob zarbasini qaytarishga hayallamadi, o‘n daqiqa o‘tib Saloh hisobni tenglashtirdi. Ammo jamoa muvaffaqiyatni rivojlantira olmadi. «Lids» qarshi hujumlarda ikkinchi golni urishi ham mumkin edi, zarbalardan biri to‘sindan qaytdi. Ikkinchi bo‘limda mezbonlar faollikni oshirishdi, Nunes birga-bir vaziyatda to‘pni darvozabonga qarata tepdi, yana bir vaziyatda urugvaylikning zarbasi to‘singa tegdi.

Mele «Lids» darvozasini ishonch bilan qo‘riqladi, o‘yin so‘ngida seyvlari kolleksiyasiga Saloh va Roberto Firminoning zarbalarini qaytarishini ham qo‘shib qo‘ydi. Ammo bu «Enfild» uchun hammasi emasdi. Haqiqiy shok o‘yin oxirida Sammervill jarima maydoni ichida nozik harakatlar amalga oshirib, to‘pni sekingina olis ustun tomon yo‘llaganida ro‘y berdi. Bunday drama qizillar maydonida o‘n yildan buyon ro‘y bermagandi — o‘shanda «kanonirlar» hujumchisi van Persi so‘nggi daqiqalarda g‘alaba golini urgandi.

Bu «Liverpul» van Deyk bilan APL doirasida «Enfild»da ilk bor mag‘lubiyatga uchrashi bo‘ldi. Jamoa APLda so‘nggi 5 o‘yinning 3 tasida yutqazdi. Mersisaydliklar o‘z uyida 2021 yil martidan keyin (29 o‘yin) ilk bor mag‘lub bo‘ldi. Endilikda Klopp shogirdlari 12 o‘yinda 16 ochko jamg‘argan holda, turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda.

Arsenal – Nottinghem Forest 5:0 
Gollar: 1:0 – 5 Martinelli, 2:0 – 49 Nelson, 3:0 – 52 Nelson, 4:0 – 57 Parti, 5:0 – 78 Edegor. 
Arsenal – Remsdeyl, Uayt, Gabriel, Saliba (Tirni, 76), Tomiyasu (Soaresh, 63), Chaka (Nketia, 75), Parti, Edegor, Saka (Nelson, 27), Gabriel Jyezus, Martinelli (Fabiu Viyeyra, 63).
Nottinghem Forest – Xenderson, Ore, Kuk, Makkenna, Lodi (Uilyams, 64), O`Brayyen, Kuyate, Froyler, Yyeyts, Lingard (Dennis, 56), Gibbs-Uayt (Jonson, 56), Avoniyi (Uorrell, 64).
Ogohlantirish: Gibbs-Uayt (44).

«Arsenal» oxirgi vaqtlarda biroz toliqqandek edi. Bu o‘tgan turda «Sauthempton»ga qarshi o‘yinda bilindi, londonliklar o‘shanda g‘alabani qo‘ldan chiqargandi. Keyin esa Yevropa Ligasida Mikel Arteta jamoasi sentabr oyidan buyon ilk bor mag‘lubiyatga uchradi - garchi natijasi u qadar ahamiyatsiz bo‘lgan o‘yinda bo‘lsa ham. APLning asosiy autsayderi «Nottinghem»ga qarshi o‘yin kuchli boshlangan bo‘lsa ham, «kanonirlar» biroz hayajonlandi.

Sakaning Martinelliga navbatdagi golli uzatmasining o‘zi yetarli emasdi va «o‘rmonchilar» Ramsdeylni bosim ostida ushlab turishdi, Lingard esa hisobni tenglashtirishga yaqin keldi. Ammo mehmonlarning zaxirasi yetarli emasdi va 27-daqiqada jarohat olib o‘yindan olingan Saka o‘rniga tushgan Nelson kechaning kutilmagan qahramoniga aylandi.

Odatda bunday holatlarga shunchaki baxtsiz holat sifatida qaraladi, ammo JCh-2022 yaqinlashib kelayotgani fonida Sakaning safdan chiqishi Angliya terma jamoasi uchun jiddiy zarbaga aylanishi mumkin. Nelson esa ikkinchi bo‘lim boshida sakkiz daqiqa ichida «Arsenal»ning g‘alabasini va birinchi o‘ringa qaytishini ta’minladi, ikki yildan oshiq vaqtdan buyon APLda gol urmagan vinger o‘zi ikki gol urib, Partey yana bir chiroyli gol urishi uchun pas berdi.

Edegorning o‘yinga nuqta qo‘yuvchi kuchli zarbasi esa «Arsenal» APLda o‘z maydonidagi o‘yinlarda 19-bor besh gol farqi bilan g‘alaba qozonishini ta’minladi. Bir qarashda bu oddiy raqamlardek ko‘rinadi, ammo avvalgi 18 yirik hisob Arsen Venger davriga to‘g‘ri keladi!

Manchester Yunayted – Vest Hem 1:0 
Gol: 1:0 – 38 Reshford. 
Manchester Yunayted – De Xea, Diogu Dalot, Maguayr, Martines, Shou, Eriksen (Fred, 79), Kazemiro, Brunu Fernandesh, Ronaldu, Reshford, Elanga (Maktomini, 61).
Vest Hem – Fabianski (Areolya, 46), Kerer, Douson, Zuma, Kressuell, Souchek, Rays, Dauns (Fornals, 77), Benrahma, Bouen, Skamakka (Antonio, 57).
Ogohlantirishlar: Skamakka (36), Souchek (72), Kerer (78), Brunu Fernandesh (90).

Krishtianu Ronaldu qatorasiga ikkinchi o‘yinni boshlang‘ich tarkibda boshladi. Ammo portugaliyalik futbolchining joriy mavsumdagi samaradorlik ko‘rsatkichi juda yomon holatda. Final hushtagi yangraganidan keyin bu taassurot raqamlar bilan yanada mustahkamlandi. APLda to‘qqiz o‘yinda maydonga tushgan Krish 1 gol urgan, zarbalari samaradorligi 5 foizga va xG bo‘yicha (darvozaga berilgan zarbalarning xavflilik darajasi) kutilgan gol 0,07ga teng.

Lekin Reshfordda hammasi joyida, u Eriksenning zargarona uzatmasidan keyin boshi bilan darvozani ishg‘ol etib, o‘yin taqdirini hal qildi. Forvard uchun bu «MYu» tarkibidagi 100-gol bo‘ldi va «qizil iblislar» Chempionlar ligasi kvartetiga deyarli qaytishdi. To‘rtinchi o‘rindagi «Nyukasl» bilan oradagi farq atigi bir ochko (zaxirada bir o‘yin bo‘lgani holda), Erik ten Hag jamoasi mavsumda ilk bor turni to‘plar nisbatidagi ijobiy holat bilan yakunladi.

Ispaniya: «Atletiko»dan yana omad yuz o‘girdi, «Barselona»ning omadi keldi

Kadis – Atletiko 3:2
Gollar: 1:0 – 1 Bongonda, 2:0 – 81 Aleks Fernandes, 2:1 – 85, Joau Felish, 2:2 – 89 Joau Felish, 3:2 – 90+9 Sobrino.
Kadis – Ledesma, Ernandes, Fali Ximenes, Mbayye (Viktor Chust, 30), Espino, Aleks Fernandes, San-Emeterio (Xose Mari, 68), Bongonda (Alexo, 74), Losano (Lukas Peres, 74), Sobrino, Okampo (Alkaras, 68).
Atletiko – Oblak, Molina, Savich, Vitsel, Reynildu, Karrasko (Grizmann, 60), Kondogbia (Barrios, 72), Saul, de Paul, Morata (Mateus Kunya, 10), Korrea (Joau Felish, 60).
Ogohlantirishlar: Kondogbia (62), San-Emeterio (65), Saul (78), Viktor Chust (87), Mateus Kunya (90), Joau Feliks (90).

«Atletiko» Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizlik kayfiyatidan chiqib keta olmadi va la liga autsayderiga qarshi o‘yinning 27-soniyasidayoq gol o‘tkazib yubordi! Keyin «Kadis» darvozaboni Ledesma mo‘jiza ko‘rsatdi, Aleks «Kadis»ning hisobdagi ustunligini oshirganida esa barchasi hal bo‘lgandek tuyuldi. Aslida esa barcha qiziq ishlar endi boshlanayotgandi va Diyego Simeone ikkinchi bo‘limda maydonga tushirgan Joau Felish ishonchni oqladi. Portugaliyalik futbolchi shunday o‘ynadiki, uning rejimga munosabatiga savollar qolmadi va endi u keyingi o‘yinlarda boshlang‘ich tarkibga qaytishi mumkin.

Gap Felish «Bayyer»ga qarshi o‘yindan keyin ertalabki soat to‘rtda boulingda ko‘ngilxushlik qilayotgani aks etgan video haqida ketmoqda. Lekin uning tungi sayrlari maydondagi mahoratiga ta’sir ko‘rsatmagani ko‘rinib turibdi. Avvaliga uning «qaychi» uslubidagi zarbasi avtogolga sabab bo‘ldi, keyin Felish uzoq masofadan aniq zarba yo‘llab, tabloda ikkita ikki porlashini ta’minladi. Ammo bu ham hali hammasi emasdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalar tugayotganida madridliklar mudofaasida palapartishlik yuzaga keldi va Sobrino g‘alaba golini urdi. Bu safar VAR «Atletiko»ga sovg‘a bermadi va to‘p forvardning qo‘liga tegishini qoidabuzarlik deb topmadi.

Valensiya — Barselona 0:1
Gol: Levandovski (90+3).
Valensiya – Mamardashvili, Terri Korreyya (Xesus Vaskes, 80), Gabriel Paulista, Jyemert, Gayya, Fulke, Gilyamon, Almeyda (Toni Lato, 72), Kavani (Markos Andre, 18), Klyuyvert (Kastilexo, 72), Lino.
Barselona – ter Stegen, Balde, Kunde (Pike, 74), Erik Garsiya (Alonso, 42), Alba, Buskets (Gavi, 56), de Yong, Pedri, Levandovski, Dembele (Ferran Torres, 56), Fati (Rafinya, 57).
Ogohlantirishlar: Erik Garsiya (21), Alonso (45), Lino (67), Gilyamon (84), Gavi (89), Pike (90+2), Kastilexo (90+7), Fulke (90+7), Ferran Torres (90+7).

«Valensiya»ni jonlantirgan Jyennaro Gattuzo o‘yin oldidan shunday dedi: «Bu mavsumda «Barselona»ning ikki versiyasi bor: la ligada o‘ynayotgani juda ko‘p gol uradi va aql bovar qilmas futbol namoyish etadi».

Ammo «Mestalya»da mehmonlarga vaziyatlardan foydalanish borasida aniqlik yetishmadi. Masalan, Fati birga-bir vaziyatda gol urolmadi, keyingi vaziyatda urgan goli ofsaydda qolgandi, Levandovskining birinchi bo‘lim oxirida bosh bilan yo‘llagan zarbasi ustunga tegdi. Shu bilan birga mezbonlarning ikkinchi bo‘lim boshidagi goli to‘p Markos Andrening qo‘liga tekkani uchun bekor qilindi, lekin bu vaziyatda Balde Linoni o‘tkazib yuborib, qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygandi.

Ikkinchi bo‘lim oxirlarida Fernan Torres yo‘l qo‘ygan xato esa tur xit-paradlariga kiradi. Pedri uni ideal pozitsiyaga chiqardi, ammo darvoza qarshisida turgan forvard to‘pga shunchaki teginib qo‘yishni eplay olmadi va o‘z oyog‘ini tepdi. Bunday xatolarga yo‘l qo‘yilganda odatda g‘alaba qozonilmaydi, ammo «Barsa» baribir uyga uch ochko bilan qaytadigan bo‘ldi. Qo‘shib berilgan daqiqalarning uchinchisi o‘tayotganida Levandovski shu kechada ochko olishga haqli o‘ynagan «Valensiya»ni nokautga uchratdi.

Real – Jirona 1:1 
Gollar: 1:0 – 70 Vinisius Junior, 1:1 – 80, penalti Stuani. 
Real – Kurtua, Karvaxal, Alaba, Ryudiger, Mendi (Militao, 87), Modrich, Kroos, Kamavinga (Asensio, 61), Valverde (Mariano Dias, 86), Vinisius Junior, Rodrigo.
Jirona – Gassaniga, Yan Kouto (Rikelme, 58), Martines, David Lopes, Bueno, Migel Guterres (Xavi, 63), Fernandes (Toni Vilya, 76), Romeu, Aleish Garsiya, Errera (Reyner, 76), Kastelyanos (Stuani, 76).
Ogohlantirishlar: David Lopes (51), Kroos (55), Gassaniga (59), Modrich (75), Martines (90).
Chetlatish: Kroos (90, ikkinchi sariq kartochka).

«Barselona»ning qiyin g‘alabasidan bir kun o‘tib hamon jarohatdagi Benzemasiz o‘ynayotgan «Real» ham qiyin o‘yin o‘tkazdi. Madridliklar o‘yinni nazorat qilayotgandek edi, ammo birinchi bo‘lib gol o‘tkazishiga bir baxya qoldi, bu vaziyatda Kurtuani to‘sin qutqardi. Rodrigoning zarbasi ustunga tekkanida «Jirona»ga ham omad kulib boqdi.

Qaymoqranglilarning o‘yinidagi barcha kamchiliklarga qaramay, ular baribir o‘z maqsadiga erishadigandek edi. Va bu fikrni mavsumning ikki qahramoni mustahkamladi: Valverde shunday pas berdiki, Vinisius Junior to‘pni bo‘sh darvozaga yo‘naltirishi qolgandi. Lekin keyin barchasi o‘zgarib ketdi, o‘yindan zaxiraga qo‘shilgan Asensio dastlab ikkita qulay vaziyatni yo‘qqa chiqardi.

Ammo bu ushbu futbolchi uchun dahshatning boshlanishi edi. U himoyaga yordamga kelganida to‘p uning qo‘liga tegdi, videotakrordan keyin hakam penalti qo‘ydi va Stuani hisobni tenglashtirdi. Bu ochko yo‘qotishdan keyin «Barselona» bilan oradagi farq bittagacha qisqardi. Kroos esa o‘yin oxirida ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi, bu ushbu futbolchining 15 yillik faoliyatida ilk bor qizil kartochka olishidir.

Germaniya: «Union» hamon peshqadam

Statistika

  • Bu asrda Niderlandiya chempionatida uchta turli jamoa safida kamida 20 tadan gol urgan uchinchi futbolchi «Tvente» hujumchsi van Volfsvinkel bo‘ldi.
  • «Osasuna» bu mavsum penaltidan 4 gol urdi va bu borada la ligada yetakchilik qilmoqda.
  • Fransiya chempionatida bu mavsumdagi o‘yinlarda «Lill» forvardi Devid 4 bor to‘pni darvoza ustuni yoki to‘siniga tekkizdi - u chempionatning eng omadsiz futbolchisi bo‘lib turibdi.
  • «Nyukasl» yarimhimoyachisi Almiron APLning joriy mavsumida 7 gol urdi. Ushbu paragvaylik futbolchi kuchli beshlik chempionatlarida eng ko‘p gol urayotgan janubiy amerikaliklar orasida faqat Neymardan ortda qolmoqda.
  • «Nitssa» bu mavsumda birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yuborgan o‘yinlarida 8 ochko jamg‘argan. «Burgutlar» — Fransiya chempionatidagi eng irodali jamoa bo‘lib turibdi.
  • «Fulhem» — 24 zarba berib, bitta ham gol ura olmasdan, APLda 2003/04 yillar mavsumidan buyon bu boradagi eng yomon ko‘rsatkichni qayd etdi, «Everton»ga qarshi golsiz durang bilan yakunlangan o‘yindagi bu zarbalarning 10 tasi serbiyalik forvard Mitrovich hisobiga yozilgan.
  • «PSJ»da debyut qilganidan buyon Serxio Ramos 30 uchrashuvlik mag‘lubiyatsiz seriya qayd etmoqda, u bu borada braziliyalik Raiga tegishli bo‘lgan klub rekordini yangiladi. 
Азиз Қаршиев
Muallif Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid