Jahon | 08:51 / 31.10.2022
8933
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina: Rossiya «qodirovchilar»ni Belarusga jo‘natishni boshladi

Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabining ertalabki xulosasiga ko‘ra, Belarus Rossiyaning Ukrainaga qarshi qurolli agressiyasini qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda va Rossiya alohida bo‘linmalarni ushbu mamlakat hududiga o‘tkazishda davom etmoqda.

Foto: usionline

26 oktyabr kuni Brest temiryo‘l vokzaliga Rossiyadan harbiy texnika esheloni yetib kelgani qayd etildi. RF Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari bilan birga «qodirovchilar» deb atalgan shaxslar ham yetib kelishmoqda, deb ma’lum qildi Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi spikeri Aleksandr Shtupun. 

Bundan tashqari, Brest va Malorita shaharlari orasidagi aholi punktlarida rossiyalik harbiylar yurgani qayd etilgan.

Ukraina tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, raketa zarbalari va Belarus hududidan zarba beruvchi dronlardan foydalanish tahdidi hali ham saqlanib qolmoqda.

Ayni paytda Rossiya bosib olingan hududlarni o‘z qo‘lida ushlab turishga harakat qilmoqda, kuchlarini mudofaa kuchlarini ma’lum yo‘nalishlarda to‘xtatishga jamlamoqda hamda Baxmut va Avdeyevskiy yo‘nalishlarida hujumni to‘xtatmayapti, deyiladi Ukraina Qurolli Kuchlar Bosh shtabining xulosasida.

O‘tgan kun davomida Ukraina Donetsk viloyatining Yakovlevka, Baxmut, Baxmutskoye, Aleksandropol, Kamenka, Avdeyevka, Pervomayskoye, Krasnogorovka, Marinka, Novomikaylovka aholi punktlarida Rossiya Qurolli kuchlarining hujumlarini qaytardi.

Bu vaqt ichida Rossiya 5 ta raketa va 23 ta aviatsiya zarbalarini berdi, bir nechta raketa tizimlaridan 100 dan ortiq hujumlarni amalga oshirdi. Oqibatda 45 ta aholi punkti, jumladan, Donetsk viloyatidagi Slavyansk va Seversk, Xerson viloyatidagi Zaporijjya va Novoaleksandrivka zarar ko‘rdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid