Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Geografik obektlarga nom berishda aholining fikri o‘rganiladi
“Geografik obektlar nomlari to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Geografik obektlarga jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslar ismi-sharifini berishga yo‘l qo‘yildi. Bunda O‘zbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslar ismi-sharifini berish ular vafotidan keyin prezident qaroriga asosan hamda, qoida tariqasida, nomlari mavjud bo‘lmagan aholi punktlari tarkibiy qismlariga nisbatan amalga oshiriladi.
Geografik obektlarga nom berish va ular nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risida takliflar tayyorlash jarayonida mahalliy aholi fikri hisobga olinadi. Takliflar kelib tushganidan keyin muhokama qilish uchun ularni 5 ish kunida tegishli organlar o‘z rasmiy nashrlarida, rasmiy veb-saytlarida, ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.
Shuningdek, takliflar muhokamasi ular e’lon qilingan sanadan e’tiboran 15 kundan kam bo‘lmasligi kerak.
Mavzuga oid
07:41 / 11.12.2025
Rossiya, Qozog‘iston va boshqalar: dunyoni bog‘lab turuvchi transkontinental davlatlar
09:12 / 24.10.2025
Arxeologiya obektlarining davlat katalogi yuritiladi
11:37 / 05.07.2025
Sotilmagan munitsipal obektlar ijaraga beriladi
08:50 / 12.04.2025