Jahon | 07:38 / 04.11.2022
9246
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya: Rossiya Ukraina bo‘yicha G‘arb birligiga putur yetkaza olmaydi

Putin Ukraina aholisini ochlik va sovuq yordamida o‘ldirishga urinmoqda, dedi Germaniya Tashqi ishlar vazirligi rahbari. Uning ta’kidlashicha, Rossiyaning Ukrainani parchalash strategiyasi muvaffaqiyat qozonmaydi.

Annalena Berbok / Foto: dpa

Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Rossiya agressiyasidan o‘zini himoya qilayotgan Ukrainani qat’iy qo‘llab-quvvatladi. «Rossiya prezidenti Vladimir Putin ukrainaliklarni ochlik, tashnalik va sovuqdan fuqarolik infratuzilmasiga zarbalar berish orqali o‘ldirishga harakat qilmoqda, ammo biz G7 hamkorlari sifatida aynan shu narsaning oldini olishga harakat qilamiz», dedi u Germaniyaning Myunster shahrida 3 noyabr, payshanba kuni «Katta yettilik» davlatlari tashqi ishlar vazirlari konferensiyasi ochilishida.

Berbok Germaniyaning Ukrainaga generatorlar, isitkichlar, nasoslar, uy-joy konteynerlari, sanitariya inshootlari, chodirlar va adyollar yetkazib berganini esladi. Uning ta’kidlashicha, G7 davlatlari Ukrainaga yordam ko‘rsatishni muvofiqlashtirmoqda, boshqa davlatlar ham ularga qo‘shilmoqda. «Yettilik» Putinning Ukrainani va xalqaro hamjihatlik strategiyasini parchalashga urinishiga qo‘l qovushtirib qarab turmaydi», deb ishontirdi Germaniya TIV rahbari.

Myunster anjumanida Ukrainadagi urushdan tashqari G‘arbning Xitoy bilan aloqalari va Erondagi vaziyat ham muhokama qilinadi. Germaniya bu yil rotatsiya orqali G7'ga raislik qilmoqda.

Mavzuga oid