O‘zbekiston | 11:51 / 05.11.2022
15149
1 daqiqa o‘qiladi

8 ta tumanda soliq inspeksiyalariga yangi rahbarlar tayinlandi

O‘zbekistonda bir nechta tumanlar soliq inspeksiyalariga rahbarlar tayinlandi. 

“Davlat boshqaruvi” kanali xabariga ko‘ra, 8 ta tumanda soliq inspeksiyalari boshliqlari o‘zgardi.

Xususan, Habibulla Inomov Toshkent shahar Mirobod tumani Davlat soliq inspeksiyasiga rahbar etib tayinlandi. 

Bundan tashqari, Maqsud Ravshanov Buxoro viloyati Peshku tumani Davlat soliq inspeksiyasiga, Sarvar Ochilov Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani Davlat soliq inspeksiyasiga rahbarlik qiladigan bo‘ldi.

Shuningdek, Anvar Yo‘ldoshev Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Davlat soliq inspeksiyasi, Jasur Cho‘liyev Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani Davlat soliq inspeksiyasi, Rahmatilla Sattorov Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani Davlat soliq inspeksiyasi, Ismoil Abdullayev Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani Davlat soliq inspeksiyasi va Dilshod Matyoqubov Hazorasp tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Mavzuga oid