Jahon | 08:15 / 05.11.2022
9161
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Ukrainaga yangi yordam paketi to‘g‘risida e’lon qildi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainaga 400 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini taqdim etadi. 

Foto: Wikimedia

Unga Hawk havo hujumidan mudofaa tizimlari, 250 ta M1117 zirhli transportyorlari, 40 ta zirhli qayiqlar, 1100 ta Phoenix Ghost dronlari, shuningdek, Chexiya Respublikasida saqlanayotgan 45 ta yangilangan sovet T-72 tanklari kiradi, deb xabar berdi Pentagon vakili. 

Ajratilgan mablag‘ning bir qismi Germaniyada Kiyevga harbiy yordam ajratish, jumladan, harbiy kadrlar tayyorlashni muvofiqlashtiruvchi shtabni tashkil etishga sarflanadi.

Bundan oldin Microsoft Ukrainaga texnik yordam uchun yana 100 million dollar ajratishi xabar qilingandi.

Ukraina 2023 yil davomida butun Yevropa bo‘ylab Microsoft bulutli xizmatlari va ma’lumotlar markazlaridan bepul foydalanishi mumkin, deya ma’lum qildi texnologiya korporatsiyasi. 

Microsoft qo‘shimcha texnologiya yordami uchun qariyb 100 million dollar ajratishga va’da berdi, bu esa fevral oyida Rossiya bosqinining boshlanishidan beri Ukrainaga taqdim etilgan umumiy yordami hajmi 400 million dollarga yetishini anglatadi. 

Kompaniyaning qo‘llab-quvvatlashi «Ukrainadagi davlat idoralari, muhim infratuzilma va boshqa tarmoqlarga raqamli infratuzilmani boshqarishda davom etish va Microsoft bulutli xizmatlari orqali fuqarolarga xizmat ko‘rsatish imkonini beradi», deb yozadi Microsoft prezidenti Bred Smit o‘z blogida. 

Mavzuga oid