Angliyada uy parrandalariga lokdaun e’lon qilindi
Parranda grippi tarqalishi tufayli, ularni uydan tashqariga chiqarish taqiqlandi.

Foto: Olaf Kraak/EPA
Angliya hukumati 7 noyabrdan boshlab barcha parrandalarni uydan tashqariga chiqarish taqiqlanganini e’lon qildi. Bu parranda grippi (H5N1) tarqalishi bilan bog‘liq.
Buyuk Britaniyada qushlarning H5N1 bilan kasallanish holatlari 2021 yil oktyabr oyidan beri qayd etilmoqda. Biroq, joriy yilda infeksiyalar soni keskin oshgan: 1 oktyabrdan buyon 90 ta holat qayd etilgan bo‘lsa, o‘tgan yilning oktyabr oyidan buyon atigi 230 ta holat qayd etilgan edi.
Parrandalarning uydan chiqishiga qo‘yilgan taqiq ularning yovvoyi qushlar bilan aloqa qilishi oldini olishga qaratilgan. Chunki H5N1 aynan yovvoyi qushlar tomonidan tarqatiladi.
Lokdaun tovuq va o‘rdak kabi uy parrandalari bilan birga to‘tiqush yoki kanareyka kabi uyda saqlanadigan qushlarga ham tegishli.
Shuningdek, rasmiylar parranda grippi tarqalishining oldini olish uchun boshqa qoidalarga ham rioya qilishni, xususan, qushlar bilan aloqa qilgandan keyin kiyim va poyabzallarni tozalash va dezinfeksiya qilish, odamlarning qushlar saqlanadigan binolarga kirishini kamaytirishni tavsiya qilishmoqda.
«Bir nechta qush yoki minglab qushlarni boqasizmi, bundan buyon siz ushbu o‘ta yuqumli kasallikdan himoyalanish uchun ularni uyda saqlashingiz shart», dedi Buyuk Britaniya veterinariya boshqarmasi rahbari Kristin Middlmiss.
Mavzuga oid

22:08 / 25.03.2025
Buyuk Britaniyada 2 ming yillik tarixga ega xazina topildi

18:16 / 24.03.2025
Britaniyada 50 mingga yaqin davlat xizmatchisi qisqartirilishi mumkin

16:44 / 24.03.2025
The Telegraph: Britaniya armiyasida Starmerning Ukrainaga tinchlikparvar kuchlar yuborish rejasi tanqid qilindi

20:38 / 23.03.2025