O‘zbekiston | 09:51 / 09.11.2022
2129
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda inson huquqlari sohasidagi ta’lim mavzusida global forum o‘tkaziladi

Joriy yil 5-6 dekabr kunlari Samarqand shahrida inson huquqlari sohasida ta’lim mavzusidagi global forum bo‘lib o‘tadi.

Ushbu nufuzli xalqaro anjumanni o‘tkazish tashabbusi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan BMT Inson huquqlari kengashi 46-sessiyasida ilgari surilgan edi.

Global forum asosiy maqsadi BMT Inson huquqlari sohasida ta’lim va tarbiya deklaratsiyasi hamda BMT Inson huquqlari sohasidagi ta’lim bo‘yicha Jahon ta’lim dasturi amalga oshirilishi oraliq natijalarini sarhisob qilishdan iborat. Ushbu sohadagi ilg‘or tajriba, amaliyot va innovatsion yondashuvlar taqdimotini tashkil etish, xalqaro, mintaqaviy va milliy darajalarda inson huquqlari sohasida ta’lim va tarbiya tizimini takomillashtirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashish va tavsiyalar ishlab chiqish ko‘zda tutilmoqda.

BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi 2022 yil 6 oktyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, global forum doirasida 2030 yilgacha kun tartibi va inson huquqlari sohasidagi ta’lim va tarbiya bo‘yicha boshqa tegishli tashabbuslarni hisobga olgan holda Jahon ta’lim dasturi beshinchi bosqichi uchun asosiy sohalar va mavzuli masalalar yuzasidan takliflar muhokama qilinadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid