Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jo Bayden va Si Jinping G20 sammitida uchrashadi
AQSh prezidenti Jo Bayden va Xitoy rahbari Si Jinping 15-16 noyabr kunlari Indoneziyaning Bali orolida bo‘lib o‘tadigan G20 sammiti doirasida ikkitomonlama uchrashuv o‘tkazadi.
Davlat rahbarlarining muzokaralari haqida Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per ma’lum qildi.
Bayonotga ko‘ra, yetakchilar Vashington va Pekin o‘rtasidagi aloqa liniyalarini saqlab qolish va kengaytirish, ikki davlat o‘rtasidagi raqobatni boshqarish, manfaatlar bir-biriga mos keladigan sohalarda ishlash borasidagi sa’y-harakatlarni muhokama qiladi. Xususan, uning so‘zlariga ko‘ra, gap «jahon hamjamiyatiga ta’sir etuvchi xalqaro muammolar ustida ishlash», ya’ni Ukraina, Tayvan va KXDR haqida bormoqda.
«Rahbarlar bir qator mintaqaviy va global muammolarni ham muhokama qiladilar», dedi Jan-Per. Shuningdek, Bayden va Si Jinping uchrashuvi yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot rejalashtirilmagani qayd etilgan.
G20 — iqtisodiy rivojlangan va rivojlanayotgan yirik mamlakatlarni, jumladan AQSh, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada, Xitoy va Rossiyani birlashtirgan tashkilotdir.
Mavzuga oid
10:30
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
09:45
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
09:16
Saida Mirziyoyeva AQSh Eksimbanki va DFC rahbarlari bilan muzokara o‘tkazdi
22:24 / 16.06.2026