Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Ukrainaga 400 million dollar harbiy yordam beradi
Pentagon Ukrainaga 400 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini taqdim etishini e’lon qildi.
Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga taxminan 400 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini taqdim etadi. Bu haqdagi xabar 10 noyabr, payshanba kuni AQSh Mudofaa vazirligi saytida e’lon qilindi.
Ushbu xabarga ko‘ra, yangi paket quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- HAWK havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun raketalar;
- to‘rtta Avenger zenit-raketa kompleksi va Stinger raketalari;
- HIMARS yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlari uchun raketalar;
- 21 mingta 155 millimetrli artilleriya snaryadlari;
- 500 ta yuqori aniqlikdagi 155 millimetrli snaryadlar;
- 10 mingta 120 millimetrli minomyot minalari;
- 100 ta HMMWV ("Xamvi") harbiy yo‘ltanlamaslar;
- 400 ta granata otish moslamalari;
- o‘qotar qurollar, optika va uning uchun 20 milliondan ortiq patronlar;
- muhandislik uskunalari;
- qishki sharoit uchun armiya jihozlari.
Pentagon ta’kidlashicha, Rossiyaning Ukraina muhim infratuzilmasiga «shafqatsiz» zarbalari qarshisida havo mudofaasi ayniqsa muhim. HAWK raketalari uni kuchaytirishga qaratilgan - ular Ukrainaga Ispaniya tomonidan taqdim etilgan tegishli uchirish qurilmalarini to‘ldiradi. Bundan tashqari, Ukraina havo mudofaasi Avenger zenit-raketa kompleksi bilan mustahkamlanadi.
Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini taqdim etishni 4 noyabr kuni e’lon qilinmagan tashrif bilan Ukraina poytaxtiga kelgan AQSh milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jyeyk Sallivan va’da qilgan edi. Sallivan prezident Zelenskiy, uning idora rahbari Andrey Yermak va mudofaa vaziri Aleksey Reznikov bilan uchrashib, Vashingtonning Kiyevni «qat’iy» qo‘llab-quvvatlashiga ishontirdi.
Pentagon xabarida qayd etilishicha, 2014 yildan beri Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga uning xavfsizligini ta’minlash sohasida yordam berish uchun 21,4 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratgan. Jumladan, 18,6 milliard dollar Rossiyaning 24 fevraldagi keng ko‘lamli harbiy agressiyasi boshlanganidan keyin taqdim etilgan.
Mavzuga oid
15:51
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
10:30
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
09:45
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
09:16