Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rubik kubiklarini yig‘ish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi
Buyuk Britaniyalik Jorj Sholi kun davomida 6931 ta kubikni yig‘ishga erishdi va Ginness rekordlari kitobiga kirdi.
Foto: Twitter/Rubiks_Official
Bir kubikni yig‘ish uchun Sholi o‘rtacha 12 soniya vaqt sarfladi. U rekord darajadagi marafonni 9 noyabr kuni ertalab soat 8 da boshlagan va roppa-rosa bir kundan keyin uyqu va ovqatlanish uchun tanaffuslarsiz yakunlagan. Kubiklarni yig‘ish jarayoni YouTube platformasida translatsiya qilindi.
Jorj Sholi spidkubing – Rubik kubigini tezkor yig‘ish bo‘yicha Britaniya chempioni, shuningdek, bu borada dunyodagi eng kuchlilar qatoriga kiradi.
Bir kun davomida yig‘ilgan kubiklar soni bo‘yicha oldingi rekord 2013 yilda kanadalik Erik Laymbek tomonidan o‘rnatilgan bo‘lib, 5800 taga teng edi. U har bir kubikni yig‘ish uchun o‘rtacha 14,89 soniya sarfladi.
Rubik kubigi Ginnesning rekordlar kitobiga kirishning dunyodagi eng mashhur usullaridan biridir. Ushbu boshqotirma muxlislari, ayniqsa o‘smirlar, har kuni kubikni yuqori tezlikda yig‘ish bo‘yicha rekord o‘rnatishga urinadilar. Kubik nafaqat qo‘llar bilan, balki oyoqlar bilan va ko‘zi bog‘liq holda ham yig‘iladi.
Mavzuga oid
17:20 / 13.04.2026
Islom sivilizatsiyasi markazi Ginness rekordlar kitobiga kiritildi
19:05 / 13.06.2024
O‘zbekistonliklar samolyotni sudrash tezligi bo‘yicha Ginness rekordini o‘rnatdi
00:26 / 17.12.2022
20 yoshli eronlik dunyodagi eng pakana odam deb topildi
01:00 / 26.11.2022