20 yoşli eronlik yigit dunyodagi eng pakana odam sifatida Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi. Erkakning böyi 64 santimetrga teng.
Rekord muallifi Afşin Ismoil Qodirzoda hisoblanadi. Ota-onasining sözlariga köra, öğil tuğilganda vazni atigi 600 gramm bölgan. Şifokorlarning noxuş başoratiga qaramay, bola yaşab ketgan.
Yigit özining böyi pakana ekanidan aslo siqilmaydi.
«Dunyodagi eng baland odam kimligini bilaman. Men uning kaftiga siğardim», deb hazillaşadi Qodirzoda.
Afşin jismoniy xususiyatlari tufayli iş topişda qiynalayotganidan şikoyat qiladi, ammo erişgan şuhrati oilasini moddiy jihatdan ta’minlaşga yordam beradi degan umidda.
«Orzum - ota-onamga yordam beriş. Balki, dunyo miqyosidagi e’tirof orzumni röyobga çiqarişga yordam berar», deydi u.

















