Kanadaning Saskaçevan şahrida yaşovçi Li Kormish bitta jahon çempionatidagi öyinlarga kiriş böyiça Ginnesning rekordlar kitobidagi körsatkiçni yangilamoqçi.

«Meni kuzatib borişingizni sörayman va sayohatim davomida ba’zilaringiz bilan uçraşişni intiqlik bilan kutaman. Bu ajoyib oy böladi. Jahon çempionati boşlandi. Buni his qilyapsizmi? Men his qilyapman. Men tayyorman», - dedi Kormish ijtimoiy tarmoqdagi videoxabarida.

Ginnesning rekordlar kitobiga köra, jahon çempionati öyinlariga kiriş böyiça rekord Tulani Ngkoboga tegişli. U 2010 yilda Janubiy Afrikada ötgan turnirning 31 ta öyiniga kirişga muvaffaq bölgan. Kormish Qatardagi jahon çempionatida 41 ta öyinga kirmoqçi va bu rekordni özining YouTube kanali va ijtimoiy tarmoqlarda muhrlamoqçi.

Muvaffaqiyatga erişiş uçun Kormish jahon çempionatining 8 ta stadioniga borişi va öyinni tomoşa qilganini tasdiqlaydigan ikkita guvohga ega bölişi kerak.

Qatardagi jahon çempionati ixçamligi tufayli muxlislarga köplab öyinlarni tomoşa qiliş imkonini beradi. Mamlakat stadionlari orasidagi eng uzun masofa atigi 75 kilometrni taşkil qiladi.