O‘zbekiston | 09:54 / 11.11.2022
14305
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti boshlanmoqda

Ayni paytda barcha a’zo mamlakatlar rahbarlari “Kongress holl”ga yetib kelishdi va ular ishtirokida turli darajadagi tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Dunyoning katta qismini egallagan Yevrosiyo mintaqasidagi 150 mln aholiga ega nufuzli tuzilma - Turkiy davlatlar tashkilotining yangi formatdagi ilk sammiti boshlanyapti. 

Anjuman mezboni – qadimdan Turk dunyosining bosh kenti sanalgan, sharq gavhari Samarqand shahri bugun ko‘pchilik diqqat markazida. 

O‘zbekiston bu tuzilma faoliyatida 2019 yildan buyon faol ishtirok etib keladi. O‘tgan qisqa davr ichida Davlatimiz rahbari tomonidan tashkilotga a’zo mamlakatlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan 30 dan ortiq tashabbus va takliflar ilgari surilgan. Aksariyati amaliyotga tatbiq ham etildi.

Bu sammitning o‘ziga xos jihati – uning yakuniga ko‘ra “Samarqand deklaratsiyasi” imzolanadi va O‘zbekiston tashkilotga rahbarlikni qabul qilib oladi.

Mavzuga oid