Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimir Norov Shimoliy Kipr masalasidagi savolga javob berdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norovning aytishicha, Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti yakuni bo‘yicha Shimoliy Kipr borasida hech qanday hujjat imzolanmagan.
Avvalroq Turkiya prezidenti Shimoliy Kiprni Turkiy davlatlar tashkilotiga kuzatuvchi sifatida qabul qilish taklifini ilgari surgandi.
«Sammit yakunlari bo‘yicha Shimoliy Kipr bo‘yicha hech qanday hujjat imzolangani yo‘q. O‘zbekiston xalqaro normalarga asoslangan holda har bir davlatning hududiy yaxlitligini hurmat qiladi. Shunday ekan, Shimoliy-Kiprni Turkiy davlatlar tashkilotiga kuzatuvchi sifatida qabul qilish haqida gap bo‘lishi mumkin emas.
Unutmaslik lozimki, Shimoliy Kipr Islom hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro birlashmalarda kuzatuvchi davlat hisoblanadi. Bundan tashqari, Shimoliy Kipr 30 yildan buyon Turk madaniyati xalqaro tashkilotida kuzatuvchi sifatida qatnashadi. Va bu borada hozir hech kim savol berayotgani yo‘q.
Kipr turklari o‘z qardoshlari bilan yaqinroq aloqada bo‘lishni istashi tabiiy hol. Ammo bu masalalar Tashkilot va a’zo davlatlarning qonunchiligi bilangina tartibga solinadi», dedi Norov.
Ma’lumot uchun, Kipr davlati shimolidagi turklar o‘z davlatini tuzib uni Shimoliy Kipr Turk Respublikasi deb atagan. Xalqaro hamjamiyatga faqat Turkiya Shimoliy Kiprni davlat sifatida tan oladi.
Mavzuga oid
19:19 / 20.10.2025
Shimoliy Kiprda Erdo‘g‘anning raqibi va orolni birlashtirish tarafdori g‘alaba qozondi
16:21 / 22.05.2025
«Yaqin orada Shimoliy Kiprning Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo bo‘lgan kunlarni ham ko‘ramiz» – Erdo‘g‘an
19:01 / 23.04.2025
Shimoliy Kipr va turkiy birlik: ziddiyat emas, tadrijiylik
07:49 / 10.04.2025