21 may kuni Vengriya poytaxti Budapeşt şahrida Turkiy davlatlar taşkilotining norasmiy sammiti bölib ötdi. Unda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan nutq sözlab, Şimoliy Kiprsiz «turkiy dunyoning oilaviy suratlari» heç qaçon töliq bölmasligini aytdi.
«Kipr, Qoraboğ, Bosniya va bugungi Ğazo kabi fojiaviy voqealar bizga çegaralarimizdan taşqaridagi adolatsizliklarga nisbatan ham befarq bölmasligimiz kerakligini eslatadi. Har qanday imkoniyatda adolatli tartib, teng taqsimot va qoidalarga asoslangan tizim tarafdori ekanimizni bildirişimiz kerak. Qardoşlik riştalari bizdan bir-birimizni himoya qilişni va birdamligimizni kuçaytirişni talab etadi. Şuning uçun Şimoliy Kipr Turk Respublikasining (ŞKTR), turkiy dunyoning ajralmas bölagi sifatida bu oilaviy yiğin tomonidan köproq qöllab-quvvatlanişini muhim deb hisoblayman.
Şimoliy Kipr xalqining huquq, erkinlik va adolat yölida olib borayotgan kuraşini turkiy dunyo töliq yelkadoş bölib qöllab-quvvatlaşi kerak. May oyida uşbu davlatda bölib ötgan Donişmandlar kengaşining yiğilişini şu nuqtai nazardan juda ahamiyatli deb bilaman. Şimoliy Kipr bölmagan turkiy dunyo manzarasi heç qaçon töliq bölmaydi. Şu bois, Şimoliy Kipr Turk Respublikasining Turkiy akademiyaga kuzatuvçi a’zoligini tasdiqlaşimiz muhim qadam böldi. Umid qilamanki, yaqin orada Şimoliy Kiprning Turkiy davlatlar taşkilotiga tölaqonli a’zo bölgan kunlarini ham köramiz», – deya Erdöğanning sözlarini keltirmoqda uning matbuot xizmati.
Şuningdek, Erdöğan Ğazo sektoridagi ahvolni «zamonaviy davrning eng jiddiy gumanitar fojiasi» deb atadi va bu yerda tinç aholi «haqiqiy dözax»ni boşdan keçirayotganini aytgan.
«Zamonaviy tarixdagi eng dahşatli gumanitar fojialardan biri bölayotgan Ğazoda tinç aholi dözaxni boşidan keçirmoqda. BMT ogohlantirişiça, agar yordam yetkazilmasa, 14 million çaqaloq hayotdan köz yumişi mumkin. Turkiy dunyo sifatida Ğazoda öt oçişni töxtatiş, insonparvarlik yordamini tösiqsiz yetkaziş, şaharni qayta tiklaş va barqaror tinçlik jarayonini ta’minlaşdagi hissamiz katta ahamiyatga ega. Mintaqamizda barqarorlikni ta’minlaş yölida Isroilning çeksiz ekspansionizmi bilan kuraşiş hamda Falastin, Livan va Suriya hududiy butunligini qöllab-quvvatlaş zarur», degan Turkiya yetakçisi.
Prezident Erdöğan, şuningdek, Turkiy davlatlar taşkilotini boşqaruv, kadrlar va budjet jihatidan kuçaytiriş zarurligi, şu bois boş kotibiyat budjetini ikki barobar oşirişni foydali deb bilişini aytgan.


















