Ozarboyjon Şimoliy Kipr Turk Respublikasi (TRŞK) Turkiy davlatlar taşkilotida kuzatuvçi maqomi berilişida hal qiluvçi rol öynadi va uning tölaqonli xalqaro tan olinişini qöllab-quvvatlaşda davom etadi. Bu haqda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Xonkendi şahridagi ADA universitetida bölib ötgan «Yangi jahon tartibi sari» xalqaro forumida ma’lum qildi.
«Biz bu masalani qöllab-quvvatlayotgan faol davlatlardan birimiz. Prezident [Ersin] Tatar Şuşa şahridagi norasmiy sammitga taklif qilindi va u unda qatnaşdi. Öşa yerda Şimoliy Kipr bayroği ham hilpirab turdi», — dedi Aliyev.
Ozarboyjon rahbari ŞKTRga nisbatan öz mamlakati mavqeyi doimo qat’iy bölganini ta’kidlab ötdi: «Biz doimo öz birodarlarimizning yonidamiz. Bizning siyosatimiz doimo oçiq bölgan. Bu masalada bizda boşqa kun tartibi yöq. Biz faqat ularga öz davlatini saqlab qolişda qanday yordam bera olişimizni öylaymiz. Ular buni öz tarixlari va amallari bilan munosib ravişda qölga kiritişgan».
Aliyev xalqaro hamjamiyatning Kipr masalasidagi ikki yoqlama standartlariga e’tibor qaratdi va orolni birlaştiriş böyiça ötkazilgan referendumni yodga oldi: «Turk Kipri birlaşiş uçun ovoz berdi, yunon kiprliklar esa qarşi çiqdi. Oqibatda nima böldi? Yunon Kipri Yevropa Ittifoqiga qabul qilindi. Bu adolatlimi?»
«Bu — ikki yoqlama standartlarning yaqqol namunasi edi. Siyosatçilar esa bu haqda gapirişni istaşmaydi. Çunki agar ular buni tilga olsa, boşqa noqulay muammolar ham paydo bölişi mumkin», — deya qöşimça qildi Ozarboyjon prezidenti.
Aliyev sözining yakunida ta’kidladi: «Men Şimoliy Kiprdagi birodarlarimni işontirmoqçimanki, biz doimo ular bilan bölamiz. Ularning davlati mustaqil davlat sifatida mustahkamlanişi va xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinişi uçun biz doim qöllab-quvvatlaymiz».
Şimoliy Kipr rahbari Ersin Tatar Ozarboyjon bilan aloqalar rivojlanayotganidan mamnuniyat izhor qildi, umumiy qadriyatlar va ikki xalqni boğlab turuvçi uzviy riştalar mustahkam ekanini ta’kidladi.

















