O‘zbekiston | 09:12 / 12.11.2022
3853
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrida Shveytsariya kunlari bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Shveytsariya elchisi Konstantin Obolenskiy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston-Shveytsariya munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari, rejalashtirilayotgan qo‘shma tadbirlar, shuningdek, ikki davlat o‘rtasida ishlab chiqilayotgan kelishuvlar loyihalari muhokama qilindi.

O‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni faollashtirish muhimligi ta’kidlandi.

Tomonlar 17-19 noyabr kunlari Toshkentda O‘zbekiston ishbilarmon doiralari va Shveytsariya kompaniyalari vakillari ishtirokida o‘tkaziladigan Shveytsariya kunlariga tayyorgarlik masalalarini ko‘rib chiqdi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha turli yo‘nalishlarda, xususan, parlamentlararo hamkorlik va sarmoya kiritish sohasida aloqalarni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid