Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Rossiyaning Ukrainaga tovon to‘lashi haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi
Unga ko‘ra, Rossiya urush oqibatida Ukrainaga yetkazilgan moddiy zararni qoplash uchun tovon pulini (reparatsiya) to‘lab berishi lozim.
Foto: Reuters
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasi Rossiyaga Ukraina foydasiga tovon puli (reparatsiya) to‘lashni tayinlovchi rezolyutsiyani qabul qildi.
Ovoz berish jarayonida 181 davlat ishtirok etib, rezolyutsiyani 94 davlat yoqladi, jumladan Turkiya ham. 14 davlat unga qarshi ovoz berdi, jumladan, Rossiya, Xitoy, Belarus, KXDR, Eron va Suriya. 73 davlat betaraf pozitsiyani egalladi, ular orasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston ham bor.
Rezolyutsiyaga Kanada, Gvatemala, Niderlandiya va Ukraina hammualliflik qildi. Hujjat Bosh Assambleyaga a’zo 193 davlatga Rossiya tomonidan Ukrainaga yetkazilgan moddiy va yo‘qotishlar haqidagi da’volar va ma’lumotlardan iborat «xalqaro reyestr»ni yuritishni tavsiya qiladi.
BMT Bosh Assambleyasi qarorlari Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalaridan farqli o‘laroq, yuridik jihatdan majburiy hujjat emas.
Mavzuga oid
15:08 / 17.01.2026
Ukraina sudi Timoshenko uchun 661 ming yevro garov belgiladi
14:28 / 17.01.2026
Shmixal: Ukrainada Rossiya zarbalaridan zarar ko‘rmagan elektr stansiyalari qolmadi
13:17 / 17.01.2026
Zelenskiy: Ukraina delegatsiyasi AQShga yo‘l oldi
12:17 / 17.01.2026