Jahon | 18:16 / 15.11.2022
6134
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropa gaz omborlari 95 foizga, Germaniyada 100 foizga to‘ldirildi

Germaniya tabiiy gaz omborlarini ortig‘i bilan to‘ldirdi. Yevropa Ittifoqi Rossiya gazi o‘rnini suyultirilgan tabiiy gaz bilan qopladi.

Foto: Reuters

Germaniyadagi tabiiy gaz omborlarining to‘ldirish darajasi 100 foizga yetdi. Buni 15 noyabr kuni Yevropa gaz omborlari assotsiatsiyasi (GIE) e’lon qilgan ma’lumotlar va Germaniya Federal tarmoq agentligi hisoboti tasdiqlamoqda.

14 noyabr holatiga ko‘ra, jamg‘arilgan hajm 245,44 teravatt-soatni tashkil etgan, bu 100 foizlik 245,39 teravatt-soat ko‘rsatkichidan biroz ko‘proq. Taqqoslash uchun, Federal tarmoq agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniyada 2022 yilning yanvar va fevral oylarida jami 227 teravatt-soatdan kamroq tabiiy gaz iste’mol qilingan.

Yevropa Ittifoqi darajasida omborlarning to‘ldirish darajasi 95,6 foizni tashkil etdi.

Yevropa Ittifoqi suyultirilgan tabiiy gaz (STG) hisobiga Rossiya gaziga qaramligini 33 foizga qisqartirdi. Oktyabr oyida Yevropa Ittifoqida Rossiya gazining importi 7 foizni tashkil etdi, o‘tgan yillarda bu ko‘rsatkich 40 foiz darajasida edi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid