Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Space Perspective odamlarni havo sharida koinotga uchiradi
Amerikaning Space Perspective kompaniyasi odamlarni Space Neptune kapsulasida koinotga uchirishni rejalashtirmoqda.
Kapsula futbol maydoni o‘lchamidagi havo shari yordamida koinotga yetkaziladi. Kompaniya xavfsiz va ekologik toza sayohatni, shuningdek, stratosferadan Yerning «aqldan ozdiruvchi» ko‘rinishlarini va’da qilmoqda.
Hashamatli kapsula hammom, bar va Wi-Fi bilan ta’minlangan. U sakkiz nafar sayyohni koinotga yetkazish uchun mo‘ljallangan. Parvoz davomiyligi olti soat, parvoz narxi 125 ming dollarga teng. 2024 yilga mo‘ljallangan birinchi parvoz chiptalari allaqachon sotilgan, ammo 2025 yil uchun joylar hali ham mavjudligi aytilmoqda.
Parvoz dengizdan amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Buning uchun Space Perspective transport kemalarini sotib oladi va ularni suzuvchi kosmodromga aylantiradi. Birinchi bunday kema Los-Anjyelesdagi Edison Chouest Offshore kompaniyasidan sotib olindi va MS Voyager nomini oldi.
Dengiz kosmodromlari parvoz uchun ideal sharoit yaratadi, deb yozadi Space Perspective. Quruqlikdagi an’anaviy kosmodromlardan farqli o‘laroq, kemalar ob-havo yaxshi bo‘lgan hududlarga ko‘chib o‘tishi mumkin va bu sayyohlarni yil davomida, quyosh chiqishi va quyosh botishida koinotga uchirishga imkon beradi. Bundan tashqari, parvozlar dunyoning turli burchaklarida amalga oshirilishi mumkin, shunda sayyohlar kosmosga va orqaga qaytishda Yerning turli qismlarini ko‘rishi mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
21:17 / 07.06.2026
Xitoy dunyodagi eng yirik astronomiya markazini qurishni rejalashtirmoqda
22:50 / 03.06.2026