Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina NATOning 6 ta davlati bilan birgalikda qurol ishlab chiqaradi
Ukraina NATO harbiy-sanoat kompleksiga integratsiya qilinmoqda. Bu haqda «Ukroboronprom» tegishli bayonot bilan chiqdi.
Ukraina konserni alyansning kamida 6 a’zo davlati: Polsha, Chexiya, Fransiya, Daniya va bir qancha davlatlar bilan birgalikda og‘ir qurol va harbiy texnika ishlab chiqadi hamda ishlab chiqaradi, ular bilan tuzilgan shartnomalar ma’lumotlarni oshkor qilishni nazarda tutmaydi.
«Shunday qilib, biz qo‘shma mudofaa korxonalarini yaratmoqdamiz, o‘q-dorilar ishlab chiqarishning yopiq liniyalarini qurmoqdamiz, birgalikda zirhli texnika va ko‘plab raketa tizimlarini ishlab chiqarmoqdamiz, yangi yuqori texnologiyali qurollarni birgalikda ishlab chiqmoqdamiz. Buning uchun biz xavfsiz joylarda mavjud quvvatlardan ham, yangi yaratilgan quvvatlardan ham foydalanamiz», - deb ma’lum qildi «Ukroboronprom».
Bundan oldin olti davlat Ukrainani qo‘shimcha artilleriya va tankka qarshi qurollar, havo hujumidan mudofaa tizimlari, o‘q-dorilar, qishki texnika bilan ta’minlashi xabar qilingandi.
17 noyabr kuni onlayn tarzda yakunlangan Ukraina mudofaasi bo‘yicha aloqa guruhining («Ramshtayn» formati) bir qator a’zo davlatlari Kiyevga yangi qurol yetkazib berishini e’lon qildi. «Germaniya yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlari uchun zarur bo‘lgan zenit qurollari, artilleriya va o‘q-dorilarni yetkazib berishni davom ettiradi. Gretsiya 155 millimetrlik artilleriya snaryadlarini topshirishini e’lon qildi», - dedi AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin.
Kanada, o‘z navbatida, Kiyevga 34 million dollar miqdorida yordam beradi. Xususan, gap harbiylar uchun qishki jihozlar, dronlar uchun kameralar, sun’iy yo‘ldosh tasvirlari haqida bormoqda. Qayd etilishicha, Kanada «qishki jihozlarning eng yirik donorlaridan biri bo‘lib qolmoqda».
Shvetsiya Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan birga 287 million yevro miqdorida harbiy yordam beradi. Ispaniya ikkita qo‘shimcha Hawk zenit-raketa kompleksi va ularga raketalarini topshiradi. Bundan tashqari, Polsha qo‘shimcha artilleriya va tankka qarshi qurollar, shuningdek, qisqa masofali havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berishga va’da berdi.
«Ushbu yordamning barchasi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi, xuddi aloqa guruhi yordamida xavfsizlik yordamimizni muvofiqlashtirish kabi», - deya xulosa qildi Pentagon rahbari.
Mavzuga oid
18:44 / 14.06.2026
Ukraina dronlari Rossiyaning kamida 14 regioniga hujum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026