Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zaporijjya AES o‘qqa tutilishi sababli radioaktiv bo‘lmagan moddalar sizib chiqdi
Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) Ukrainadagi Zaporijjya atom elektr stansiyasi (ZAES) o‘qqa tutilishi tufayli radioaktiv bo‘lmagan moddalar sizib chiqqanini ma’lum qildi.
21 noyabr kuni MAGATE mutaxassislari elektr stansiyasiga yetkazilgan zararni o‘rganib, uning «sezilarli» ekanini aniqlashdi.
Tashkilot bayonotiga ko‘ra, stansiyada kondensat saqlanadigan rezervuarlar shikastlangan, oqibatda radioaktiv bo‘lmagan moddalar sizib chiqqan.
Stansiyaning o‘qqa tutilishi oqibatida ishlatilgan yoqilg‘i va radioaktiv chiqindilar zarar ko‘rmagan, ular maxsus konteynerlarda saqlanmoqda.
Bir kun oldin MAGATE bosh direktori Rafael Grossi tomonlarni ZAES hududini o‘qqa tutishni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, stansiya hududidagi portlashlarni «umuman qabul qilib bo‘lmaydi». Uning so‘zlariga ko‘ra, yadroviy xavfsizlik uchun muhim bo‘lgan ZAES infratuzilmasiga hozircha hech qanday zarar yetkazilmagan.
Qayd etish joizki, urush boshlanganidan beri Zaporijjya AES hududi muntazam ravishda o‘qqa tutilmoqda. Rossiya va Ukraina bunda bir-birini ayblab kelmoqda.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026