O‘zbekiston | 07:20 / 24.11.2022
3904
3 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda BMT Butunjahon turizm tashkiloti sessiyasi o‘tkaziladi

Foto: Kun.uz

“2023 yilda Samarqand shahrida BMT Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasi 25-sessiyasini yuqori darajada tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.

2021 yil 30 noyabr – 3 dekabr kunlari Ispaniyaning Madrid shahrida bo‘lib o‘tgan BTT Bosh assambleyasi 24-sessiyasida 2023 yilda Bosh Assambleya navbatdagi 25-sessiyasini Samarqand shahrida o‘tkazish belgilangan.

BTT Bosh assambleyasi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tuziladi. Quyidagilar tashkiliy qo‘mita asosiy vazifalari etib belgilanadi:

  • jadval va rejada nazarda tutilgan chora-tadbirlar va vazifalarni o‘z vaqtida, sifatli bajarish yuzasidan mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • BTT Bosh assambleyasi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar tashkiliy masalalarini hal etish;
  • axborot-tahliliy va hujjatlar o‘z vaqtida, sifatli tayyorlanishini ta’minlash;
  • Samarqand shahrida tadbir o‘tkaziladigan joylar texnik va telekommunikatsiya uskunalari bilan jihozlanishini ta’minlash;
  • Samarqand va respublika boshqa hududlarida o‘tkaziladigan qabullar va madaniy tadbirlarni tashkillashtirish;
  • Bosh assambleya doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar ishtirokchilari O‘zbekistonga kelish-ketishi, ularga viza rasmiylashtirilishi, transport va tibbiy xizmat ko‘rsatish masalalarini muvofiqlashtirish;
  • Bosh assambleya doirasida tadbirlar bo‘lib o‘tadigan hududlarni obodonlashtirish ishlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
  • Bosh assambleya doirasida tadbirlar bo‘lib o‘tadigan hududlarda obektlar va mehmonxona fondi tayyorgarligini ta’minlash;
  • Bosh assambleya doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarni tashkil etish va uni yuqori saviyada o‘tkazish doirasida davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • Bosh assambleya doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy vazifalarni hal qilish;
  • zarur hollarda, Bosh assambleya doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish bilan bog‘liq tezkor qarorlar qabul qilish.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid