Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 09:06 / 25.11.2022
3325
2 daqiqa o‘qiladi
Jamoat xavfsizligi ta’minlangani holati uch xil darajaga ajratiladi
Foto: Kun.uz
2022-2025 yillarda O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasini 2023 yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” e’lon qilindi.
Jamoat xavfsizligiga xavflar holati va darajalarini belgilovchi mezonlarni va asosiy ko‘rsatkichlarni (indikatorlarni) ishlab chiqish hamda joriy etish mo‘ljallanmoqda.
Bunda:
- Jamiyat ehtiyojlarini aniqlashtirgan holda jamoat xavfsizligi kontekstida jamiyat manfaatlarini tizimlashtirish;
- jamiyat manfaatlarini asosiy mezon sifatida belgilagan holda, jamoat xavfsizligi ta’minlanganligi darajasini baholash indikatorlarini ishlab chiqish;
- jamoat xavfsizligining ta’minlangani holatini har biri uch bosqichdan iborat bo‘lgan “norma”, “inqiroz oldi”, “inqiroz” darajalariga ajratish va ular chegaraviy qiymatlarini belgilash;
- jamiyat manfaatlariga qarshi ma’muriy huquqbuzarlik va jinoyatlarni yagona bo‘limga birlashtirgan holda tizimlashtirish;
- jamoat xavfsizligini ta’minlanganligi darajasini o‘rganish natijalari bo‘yicha axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlash, vakolatli idoralarga kiritish, inobatga olingan hollarda rag‘batlantirish tartibi;
- jamoat xavfsizligi ta’minlangani darajasini tizimli ravishda monitoring qilish va baholab borish uchun Jamoat xavfsizligi bo‘yicha respublika ekspert-tahlil kengashini tuzish nazarda tutiladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
14:38 / 22.06.2026
Liftlar xavfsizligi bo‘yicha yangi nizom qabul qilindi
09:10 / 19.05.2026
Lift xavfsizligini baholash tizimi uchun yangi tartib joriy etilmoqda
08:58 / 09.04.2026
Mahallalarda xavfsizlikni ta’minlashda yangi model joriy etiladi
10:51 / 02.03.2026