Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zaporijjya AES energiya ta’minoti tiklangani ma’lum qilindi
Foto: Wikipedia
Ukrainadagi Zaporijjya atom elektr stansiyasining elektr ta’minoti uzilib qolganidan 1 kun o‘tgach qayta tiklandi.
Bu haqda MAGATE rahbari Rafael Grossi xabar berdi.
Shuningdek, u Ukrainadagi barcha atom elektr stansiyalarining tashqi quvvatdan uzilishi bilan bog‘liq vaziyatni «misli ko‘rilmagan» deb atadi va bundan bir necha oy oldin buni tasavvur qilmaganini aytdi.
«Dunyoning diqqati Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasi bo‘lgan Zaporijjya AES hududida yuzaga kelgan xavfli vaziyatga qaratilgan bo‘lsa-da, mamlakatdagi boshqa yadroviy inshootlarni ham unutmaslik kerak.
Kecha, birinchi marta Ukrainadagi barcha to‘rtta atom elektr stansiyasi: Zaporijjya, Rivne, Janubiy Ukraina va Xmelnitskiy AES tashqi elektr ta’minotidan uzilib qolgan edi. Ularning barchasi favqulodda dizel generatorlaridan foydalanmoqda», dedi u.
24 noyabr kuni Rossiya tomonidan Ukraina energetika obektlariga berilgan raketa zarbalaridan keyin, 4 ta AES tashqi elektr ta’minotidan uzilib qolgan edi.
Stansiyalarda reaktorlarni sovitish uchun elektr energiyasi talab qilinadi. Energiya uzilib qolgan taqdirda, ular cheklangan vaqt davomida zaxira quvvat bilan ta’minlaydigan favqulodda dizel generatorlariga ulanadi. Zaporijjya AES dizel generatorlari 10 kun davomida energiya berish quvvatiga ega.
Mavzuga oid
11:05
Ukraina: Chernobil atom elektr stansiyasi energiya tizimiga ulangan
19:16 / 20.01.2026
Ukraina bo‘ylab yangi zarbalar: Kiyevda yana 6 mingta ko‘p qavatli uy issiqliksiz qoldi
15:47 / 20.01.2026
GFR hukumati: Ukrainadagi energiya ta’minoti falokatli holatga yaqin
15:08 / 17.01.2026