O‘zbekiston | 10:44 / 26.11.2022
3297
1 daqiqa o‘qiladi

Davlat boshqaruvi organlari kosmik suratlar bilan ta’minlanadi 

“Kosmik tarmoqni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Foto: Google maps

Kosmik monitoring ishlarini amalga oshirish va davlat boshqaruvi organlarini kosmik suratlar bilan ta’minlash, kosmik texnologiyalarni qo‘llash orqali ijtimoiy-iqtisodiy, ilm-fan, mudofaa va xavfsizlik sohalarida kosmik faoliyat natijalaridan samarali foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.

2023 yil 1 fevralgacha davlat kosmik monitoringi o‘tkaziladigan sohalarga oid davlat kadastrlari ma’lumotlari “Elektron hukumat” idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali taqdim etish bo‘yicha o‘zaro integratsiya qilinadi.

O‘zbekiston hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan sun’iy yo‘ldosh orqali ishlovchi mobil qurilmalar va terminallarni ro‘yxatga olish tartibi ishlab chiqiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid