O‘zbekiston | 10:56 / 28.11.2022
4888
1 daqiqa o‘qiladi

Hukumat bu yil ham budjet loyihasini parlamentga vaqtida kiritmadimi?

Belgilangan muddatdan 43 kun o‘tgan bo‘lsa-da, hali parlamentda 2023 yilgi davlat budjeti va budjetnomaning muhokamasi boshlangani yo‘q.

Foto: Shutterstock

Budjet kodeksining 97-moddasiga asosan Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi va budjetnoma Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oliy Majlis palatalariga, qoida tariqasida, joriy yilning 15 oktyabridan kechiktirmay kiritilishi belgilangan.

Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan, qoida tariqasida, joriy yilning 15 noyabriga qadar ko‘rib chiqilishi kerak.

Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun Senatga ko‘rib chiqish uchun qabul qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida yuboriladi.

Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun Senat tomonidan, qoida tariqasida, joriy yilning 15 dekabridan kechiktirmay ma’qullanadi.

«Bugun – 28 noyabr. Parlamentda hali 2023 yilgi davlat budjeti muhokamasi boshlangani yo‘q», – deya yozmoqda Telegram’dagi davletovuz kanali. 

Достон Аҳроров
Tayyorlagan Достон Аҳроров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid