Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan 9 yoshli qizni “Kamaz” bosib ketdi
Qizcha yo‘lakchadan o‘tayotganda boshqa mashinalar to‘xtab yo‘l bergan. Tez harakatlanib kelgan “Kamaz” esa uni urib yuborib, ancha joyga sudrab ketgan.
Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumani hududida piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan 9 yoshli qizni “Kamaz” bosib ketgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 2022 yil 22 noyabr kuni soat 12-30 larda A-378 “Samarqand-G‘uzor” avtomobil yo‘lining “Uzun” MFY hududidan o‘tgan 124-kilometrida sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, haydovchi N.B. “Kamaz” yuk mashinasini G‘uzor tumani tomon boshqarib ketayotib, piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan Qamashi tumani “Uzun” MFYda yashovchi voyaga yetmagan Q.S.ni urib yuborgan. Oqibatda 9 yoshli qiz voqea joyida halok bo‘lgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, qizcha piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotganda boshqa mashinalar to‘xtab yo‘l bergan. Tez harakatlanib kelgan “Kamaz” esa uni urib yuborib, ancha joyga sudrab ketgan.
Hodisa yuzasidan Qamashi tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Haydovchi Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qamashi tuman sudining ajrimiga asosan haydovchi qamoqqa olingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:18 / 08.06.2026
Qashqadaryodagi portlashda 6 kishi halok bo‘lgan
15:27 / 08.06.2026
Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash ro‘y berdi
10:33 / 25.05.2026
Qashqadaryoda ikkita Nexia va yuk mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
15:09 / 24.05.2026