Jahon | 18:27 / 03.12.2022
14678
1 daqiqa o‘qiladi

Eronda yangi atom elektr stansiyasi qurilishi boshlandi

Eron janubi-g‘arbidagi Xuziston viloyatida quvvati 300 megavatt bo‘lgan yangi atom elektr stansiyasi qurilishi boshlandi.

Foto: Reuters

Qorun AES qurilishiga ramziy tamal toshini qo‘yish marosimida Eron vitse-prezidenti va Atom energiyasi tashkiloti rahbari Muhammad Islomiy ishtirok etdi.

Qayd etilishicha, elektr stansiyasi PWR turidagi reaktor (suv bosimi bilan sovitiladigan) hisobiga ishlaydi.

AES qurilishi taxminan 8 yil davom etadi, loyiha qiymati 2 milliard dollarga baholanmoqda. Elektr stansiyasi 4 foizgacha boyitilgan uran asosida ishlaydi.

Eronda 2013 yilda quvvati 1000 MVt bo‘lgan Bushihr AES ishga tushirilgan edi. Hozirda uning ikkinchi bloki qurilishi davom etmoqda.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов

Mavzuga oid