Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar soni fevraldagi darajaga qaytdi
O‘zbekistonda kunlik holatlar soni 160 dan oshdi. Bu fevral oyi oxiridan buyon eng yuqori kunlik ko‘rsatkich.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari o‘sishi davom etmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni 160 nafardan oshgani haqida xabar qildi.
«2022 yil 3 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 162 nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.
Bu O‘zbekistonda 21 fevraldan buyon eng yuqori kunlik ko‘rsatkich hisoblanadi, o‘shanda 175 ta yangi holat qayd etilgandi.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida
- 1 nafari Andijon viloyatida
- 7 nafari Buxoro viloyatida
- 4 nafari Jizzax viloyatida
- 1 nafari Navoiy viloyatida
- 10 nafari Namangan viloyatida
- 10 nafari Samarqand viloyatida
- 2 nafari Surxondaryo viloyatida
- 7 nafari Farg‘ona viloyatida
- 6 nafari Xorazm viloyatida
- 20 nafari Toshkent viloyatida
- 89 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etildi.
Ma’lumot uchun, noyabr oyi oxirida O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari o‘sa boshladi. 25 noyabr kuni iyun oyidan buyon kunlik kasallanish holatlari soni ilk bor 100 dan oshib, 124 kishiga kasallanish tashxisi qo‘yildi. Keyingi kunlarda faqat ko‘tarilish kuzatilmoqda, 1 dekabr kuni 159, 2 dekabr kuni 156 kishida kasallik aniqlangandi.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xorazmda pulini ko‘paytirib berishni aytib, mingdan ortiq odamni chuv tushirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 20:24
-
Bitta mashinada nuqson topilsa, brendning hamma modellarini yoppasiga taqiqlash to‘g‘rimi?
O‘zbekiston | 20:13
-
AQSh Xo‘jand deklaratsiyasi va chegaralarning tutash nuqtasi bo‘yicha shartnomani olqishladi
O‘zbekiston | 20:07
-
Janubiy Koreyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari ogohlikka chaqirildi
Jahon | 20:01
Mavzuga oid

11:40 / 13.12.2022
O‘zbekistonda kunlik koronavirus statistikasi sezilarli pasaydi

10:54 / 07.12.2022
Toshkent shahrida bir kunda 100 dan ortiq kishida koronavirus aniqlandi

11:15 / 02.12.2022
O‘zbekistonning barcha hududlarida koronavirusga chalinish holatlari qayd etildi

10:35 / 30.11.2022