Seşanba kuni Özbekistonda 141 kişida koronavirusga çaliniş holati qayd etildi, bu bir kun oldingiga qaraganda 10 taga köp. Eng yuqori kasallaniş holatlari Toşkent şahriga töğri kelmoqda — 76 kişi.
«2022 yil 29 noyabr holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 141 nafarni taşkil etmoqda», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.
Yangi kasallaniş holatlarining:
- 1 nafari Andijon viloyatida,
- 10 nafari Buxoro viloyatida,
- 5 nafari Jizzax viloyatida,
- 3 nafari Navoiy viloyatida,
- 8 nafari Namangan viloyatida,
- 11 nafari Samarqand viloyatida,
- 2 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 3 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 3 nafari Farğona viloyatida,
- 1 nafari Xorazm viloyatida,
- 18 nafari Toşkent viloyatida,
- 76 nafari Toşkent şahrida koronavirusga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etildi.
Ma’lumot uçun, noyabr oyi oxirida Özbekistonda koronavirusga çaliniş holatlari ösa boşladi. 25 noyabr kuni iyun oyidan buyon kunlik kasallaniş holatlari soni ilk bor 100 dan oşib, 124 kişiga kasallaniş taşxisi qöyildi. Keyingi kunlarda faqat kötariliş kuzatilmoqda, 28 noyabr kuni 131 kişida kasallik aniqlangandi.













