Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda “prava” olib berishni va’da qilgan avtomaktab xodimlari ushlandi
Ular pul evaziga fuqaroni imtihondan o‘tkazib qo‘ymoqchi bo‘lishgan. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Buxoroda fuqaroga haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilgan 2 nafar avtomaktab xodimi jinoyat ustida qo‘lga olingan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, departament hamda IIVning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda “B.R.” avtomaktab o‘qituvchisi B.H. hamda “Vatanparvar” tashkilotining Vobkent tuman bo‘limi o‘qituvchi-mexanigi J.S. fuqaro A.A.ni tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yishlari evaziga 300 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
18:35 / 20.06.2026
Namanganda shunday onaxon bor: u 75 yoshida “prava”li bo‘ldi
11:44 / 28.02.2026
1200 dollarga "prava" olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
11:09 / 03.11.2025
Skuter va mototsikllarga “prava”ni qanday olish mumkin va bu qanchaga tushadi?
17:09 / 22.02.2025