YTHlar O‘zbekistonni hatto koronavirusdan ham ko‘proq qo‘rquvga sola boshladi: ertalab sumkasini yelkasiga ilib, ta’lim olish uchun uyidan chiqib ketgan bola maktabdan qaytmasligi yoki ro‘zg‘oridagi kam-ko‘stini butlash maqsadida ishga ketgan ona manziliga yetib borolmasligi mumkin. Raqamlar soat sayin oshib bormoqda, ammo YTHlarni yuzaga keltirayotgan sabablar o‘zgarmayapti: yo‘llar notekis, tungi chiroqlar yonmaydi, aksariyat hollarda esa haydovchilar uquvsiz.   

Yuz berayotgan avtohalokatlarning ko‘pi yo‘l harakati qoidalarini yaxshi bilmaydigan, o‘pkasini bosib ololmayotgan, “prava”sini tanish-bilish qilib olgan ko‘yi “temir otini” gijinglatib yuradigan olifta haydovchilar hissasiga to‘g‘ri keladi. Prezident bejizga haydovchilik guvohnomasini o‘qimasdan olish oddiy holga aylanib qolgani va shu sababli yo‘llardagi avariyalar soni soat sayin oshib borayotganini ta’kidlamagandi. Ushbu muammo – yo‘llarda o‘qimasdan “prava” olgan potensial qotillarni kamaytirish maqsadida Prezident qarori asosida haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish va baholashni inson omilisiz, to‘liq avtomatlashtirilgan holda amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi.

Yil boshida haydovchilik guvohnomasi uchun sinovlar o‘tkaziladigan yangi tipdagi ilk majmua – Toshkent imtihon markazi faoliyati yo‘lga