Putin urush hududida dezertirlik holatlari kam ekanini aytdi
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi urushda rossiyalik harbiylarning xizmatdan qochish holatlari ommaviy emas.
Rossiyaning Ukrainadagi jangovar amaliyotlari hududida harbiylar tomonidan o‘z pozitsiyasini ommaviy ravishda tashlab ketish holatlari yo‘q, deb hisoblaydi Rossiya prezidenti Vladimir Putin. Uning so‘zlariga ko‘ra, dezertirlik holatlari «juda kam».
«Bizda bunday holatlar (dezertirlarni qatl etish) yo‘q, bizda hatto (dezertirlar uchun) lagerlar, zonalar yoki shunga o‘xshash joylar ham yo‘q», — dedi Putin Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Kengashi a’zolari bilan uchrashuvda.
Prezident Ukraina Qurolli Kuchlarida harbiy xizmatchilarni go‘yo «omma oldida, saf qilib qatl etish» holatlari borligi haqida gapirdi. Bu haqda Vladimir Putin 25 noyabr kuni Ukrainadagi jangchilarning onalari bilan uchrashuvda ham eslab o‘tgan edi. Putin bunday ma’lumotlarni «bizning yigitlar yetkazyapti» dedi.
6 dekabr kuni Novoshaxtinskda 38 yoshli erkak politsiyachilarga qurolli hujum qildi. Politsiyachilardan biri jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi. Ommaviy axborot vositalarida gumonlanuvchi dezertir bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berildi. «Vagner» XHK asoschisi Yevgeniy Prigojin hibsga olingan shaxsning o‘z kompaniyasiga tegishli yoki yo‘qligini tekshirishga va’da berdi.
Mavzuga oid
23:44 / 22.11.2024
Putin «Oreshnik» raketalari qurollanishga qabul qilinishi va seriyali ishlab chiqarilishini e’lon qildi
21:54 / 22.11.2024
«Krepkiy oreshnik»: Putin tutib qolish imkonsiz ekanini aytgan yangi raketa haqida nimalar ma’lum?
20:12 / 22.11.2024
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17 / 22.11.2024