Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mariupol va Zaporijjyadagi vayronalar, Baxmutdagi yong‘inlar. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 287-kuni. Asosiy ma’lumotlar:
- Vladimir Putin safarbarlik doirasida armiyaga chaqirilgan 300 ming kishidan faqat 150 ming nafari harbiy harakatlar hududiga jo‘natilgani, shundan faqat 77 ming kishi to‘g‘ridan to‘g‘ri jangovar bo‘linmalarga biriktirilganini ma’lum qildi;
- Shuningdek, Putin urushishdan bosh tortganlar uchun hech qanday «lager» va «qamoqxona» yo‘qligi, Rossiya qo‘shinlaridagi dezertirlik holatlari ommaviy xarakterda emasligi — faqat «ayrim holatlar uchrayotgani»ni qayd etdi;
- Time jurnali Volodimir Zelenskiy va Ukraina ruhiyatini «2020 yil odami» deb topdi;
- Ukrainadagi jang maydonidan qochib kelgan va politsiyachilarga o‘t ochgan dezertir Rostov oblastida qo‘lga olingan. Bu Ufadagi IK-4 qamoqxonasi mahbusi Pavel Nikolin bo‘lib, u «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi tomonidan yollangan. U Ukrainadan 24 noyabr kuni qochib kelgan.
Okkupatsiyadagi Mariupol
Sergei Ilnitsky / EPA / Scanpix / LETA
Sergei Ilnitsky / EPA / Scanpix / LETA
Sergei Ilnitsky / EPA / Scanpix / LETA
Sergei Ilnitsky / EPA / Scanpix / LETA
Baxmutda otishmalardan keyin chiqqan yong‘in
Rossiya qo‘shini bir necha oydan buyon Baxmutni egallashga harakat qilib kelmoqda — noyabr oyi oxirida ularning yurishi kuchaydi. 7 dekabr kuni RF armiyasi tomonidan berilgan navbatdagi zarbalardan keyin ko‘p qavatli turar joy binosi yonib ketdi. Binoda ikki kishi va bir it yashayotgan bo‘lgan, ular yonayotgan bino ichidan chiqishga muvaffaq bo‘lishgan. Ukraina nashrlari yozishicha, o‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga darhol yetib kelishgan va otishmalar ostida olovni o‘chirishgan.
Zaporijjya oblastidagi vayrongarchiliklar
Iyun oyi boshida Ukraina hukumati Zaporijjya oblastining 60 foiz hududi RF qo‘shinlari tomonidan ishg‘ol etilganini xabar qilgandi. Xerson oblastidan farqli o‘laroq, Ukraina qurolli kuchlari hozircha bu hududda qarshi hujumga o‘tgani yo‘q. Rossiya qo‘shini Ukraina nazoratidagi shahar va qishloqlarni o‘qqa tutishda davom etmoqda. Xususan, 23 noyabr kuni Volnyansk shahrida, Ukraina prezidenti ofisi rahbari o‘rinbosari Kirill Timoshenkoning so‘zlariga ko‘ra, yangi tug‘ilgan chaqaloq halok bo‘lgan. Oblast harbiy ma’muriyati rahbari Oleksandr Staruxning ma’lumotiga ko‘ra, hudud so‘nggi bor 7 dekabr kuni o‘qqa tutildi.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Xerson oblastidagi Potemkinskiy qishlog‘idan evakuatsiya
Ozod etilgan Xerson oblastida tinch aholining Ukrainaning boshqa xavfsiz hududlariga ko‘ngilli ravishda evakuatsiya bo‘lish jarayoni davom etmoqda. Quyidagi fotosuratlarda Dnepr daryosi deltasida, daryoning Qora dengizga quyilish joyi yaqinida joylashgan Potemkinskiy qishlog‘idagi odamlar o‘z uyini tark etish jarayoni aks etgan.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026