Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston prezidenti ming dollarlik poyabzalda ko‘rinish berdi
Sadir Japarov YeOII davlatlari rahbarlarini kutib olishda qimmatbaho tufli kiygani muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Foto: RIA Novosti
Bishkekda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) Oliy kengashining yakuniy yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirdan oldin Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov YeOII davlatlari rahbarlarini kutib oldi. Uning qizil taglikka ega tuflida chiqqani muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarning qirg‘iz segmenti foydalanuvchilari poyabzal Fransiyaning Christian Louboutin brendiga tegishli bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishdi.
Moskva Markaziy univermagida bunday tufli 72 ming rublga (yoki $1150) sotilmoqda.
Qirg‘iziston prezidenti moda tendensiyalarini kuzatib boradi va garderobini muntazam yangilab turadi. 2022 yil fevral oyida Sadir Japarov Italiya brendiga mansub qimmatbaho kurtkada Bishkek bozorlarini aylanib chiqqan edi. 2020 yilda uning 3 ming dollarlik jileti ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilindi. Avgust oyida davlat rahbarining kardigani shov-shuvga sabab bo‘ldi. Bunday kiyim Moskvadagi Markaziy univermagda 5 ming dollarga sotiladi. Oktyabr oyida Japarov Qulonak GES qurilish maydoniga ramziy tamal toshini qo‘yish tadbirida qiymati 15 ming dollar turadigan kurtka kiygan edi.
Mavzuga oid
20:56 / 16.01.2026
Qirg‘izistonda telekanallarga rus tilidagi kontent namoyishi qisman cheklandi
19:20 / 12.01.2026
Makkada qirg‘izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona qurilishi boshlandi
18:09 / 07.01.2026
Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari ham AQSh vizasi uchun 15 ming dollargacha garov to‘laydi
15:22 / 07.01.2026