O‘zbekiston | 17:10 / 09.12.2022
8171
1 daqiqa o‘qiladi

Sherzod Xo‘jayev: “O‘ylaymanki, yangi yil arafasida elektr bo‘yicha muammo bo‘lmaydi”

Energetika vaziri o‘rinbosarining aytishicha, bayram kunlari ta’lim muassasalari va korxonalar ishlamasligi hisobiga elektr energiyasiga talab sezilarli pasayadi. Bu esa aholi uylariga ko‘proq energiya yo‘naltirish imkonini beradi.

Foto: Kun.uz

Yangi yilda O‘zbekiston aholisini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash chora-tadbirlari ishlab chiqilganmi? Bu savolga energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev javob berdi.

“Bayram kunlari, xususan, yangi yil bayramida elektr energiyasiga bo‘lgan talab sezilarli darajada pasayadi. Chunki ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi. Bu orqali mavjud elektr energiyasining asosiy qismi aholiga va ayrim ijtimoiy soha obektlariga yo‘naltiriladi. O‘ylaymanki, yangi yil bayramida elektr bo‘yicha muammolar yuzaga kelmaydi.

Agar joylarda avariyaviy holatlar yuzaga keladigan bo‘lsa, tun-u kun ishlaydigan ishchi guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan va har qanday lokal muammolar tezkorlik bilan bartaraf etiladi”, – deya Xo‘jayevning so‘zlarini keltirmoqda vazirlik matbuot xizmati.

Mavzuga oid