AQSh Rossiya MSK rahbari Ella Pamfilovaga qarshi sanksiyalar kiritdi
AQSh Moliya vazirligi Ukrainaning annexia qilingan hududlarida inson huquqlari buzilishiga aloqador deb hisoblagan 15 dan ortiq rossiyalikni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi.
Ular orasida Markaziy saylov komissiyasi rahbari Ella Pamfilova, uning o‘rinbosari Nikolay Bulayev va MSK kotibi Natalya Budarina bor.
Ular Ukrainaning bosib olingan hududlarida Rossiya bilan «qo‘shilish» bo‘yicha psevdoreferendumlar tashkil etishda ishtirok etgan deb tan olingan. Jami 15 nafar MSK xodimining ismlari sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shilgan.
Bundan tashqari, Rossiya qo‘shinlari tomonidan bosib olingan hududlarda Ukraina fuqarolarini «filtrlash» tizimini ishlab chiqishda bevosita ishtirok etgan Rossiya prezidenti ma’muriyati xodimlari Nikolay Kim va Oleg Nesterov ham sanksiyalar ostida qoldi.
Ro‘yxatlarga, shuningdek, Donetsk viloyatidagi «filtrlash»ni nazorat qilgan «DXR»ning «mansabdorlari» Marina Sereda va Aleksey Muratov ham kiritilgan.
Sanksiyalar «Axmat» batalonining a’zosi Ochur-Suge Mongush hamda AQSh qiynoqlar va odam o‘g‘irlashda ishtirok etgan deb hisoblagan rossiyalik ayol Lyudmila Zaytsevani o‘z ichiga olgan.
Bundan oldin Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi to‘qqizinchi sanksiyalar paketi tafsilotlarini e’lon qilgandi.
Yevroittifoqning Rossiyaga qarshi sanksiyalari to‘qqizinchi paketiga 200 ga yaqin rossiyalik kompaniya va jismoniy shaxslar, shuningdek, uchta bank kiradi, dedi 7 dekabr, chorshanba kuni Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen.
Sanksiyalarni Rossiya qurolli kuchlariga aloqador shaxslar va kompaniyalar, harbiy-sanoat kompleksi korxonalari, Davlat dumasi deputatlari va Federatsiya kengashi a’zolari, shuningdek, vazirlar, gubernatorlar va boshqa siyosatchilarga nisbatan qo‘llash taklif qilinmoqda, dedi fon der Lyayyen.
«Ushbu ro‘yxat Rossiyaning tinch aholiga shafqatsiz va qasddan raketa hujumlari, ukrainalik bolalarni Rossiyaga o‘g‘irlab ketish va Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘g‘irlash bo‘yicha asosiy raqamlarni o‘z ichiga oladi», dedi u.
To‘qqizinchi sanksiya paketiga Rossiyaning uchta banki ham kiradi, ulardan biri Butunrossiya mintaqaviy taraqqiyot bankidir, dedi Yevrokomissiya rahbari. U yana qaysi banklar haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritmagan.
Mavzuga oid
16:15
Putin Rossiyaning yangilangan yadroviy doktrinasini tasdiqladi
21:54 / 18.11.2024
Tramp noqonuniy migrantlarni ommaviy deportatsiya qilish rejasi borligini tasdiqladi
21:08 / 18.11.2024
Oq uy Ukrainaga AQSh qurollari bilan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berilganini tasdiqlamadi
20:14 / 18.11.2024