Jahon | 18:43 / 10.12.2022
13372
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmaniston alohida internet yaratmoqchi

Mamlakat prezidenti bu borada maxsus qarorni imzoladi.

Foto: AP

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov butunjahon internet tarmog‘iga ulanmagan milliy tarmoqni shakllantirish konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Shunga muvofiq, avtonom milliy raqamli tarmoqni yaratishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni ko‘rishi lozim bo‘lgan komissiya tarkibi tasdiqlandi.

Milliy tarmoq yaratilishi Turkmanistonning butunjahon internet tarmog‘idan uzib tashlanishiga olib keladimi yoki yo‘qmi, hozircha aniq emas.

Turkmaniston internet erkinligi bo‘yicha dunyodagi eng yomon pozitsiyalarni egallab kelmoqda. Mamlakatda millionlab saytlarga kirish yopib qo‘yilgan.

Mavzuga oid