O‘zbekiston | 17:00 / 11.12.2022
36480
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Zominda bulduruq hodisasi kuzatildi

Zomin davlat qo‘riqxonasi hududida bulduruq hodisasi kuzatildi.

Bulduruq – nam sovuq havoda nozik va uzun jismlar (daraxt shoxlari, simlar) ustidagi kristalli yoki donador muz qoplamalari. Qalin tuman sabab ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha cheklanganida hamda harorat 0 darajadan past bo‘lganda kuzatiladi. 

Foto: Jizzax viloyat ekologiya boshqarmasi
Foto: Jizzax viloyat ekologiya boshqarmasi

Namlikka o‘ta to‘yingan havo tarkibidagi suv kristallashib daraxt shoxlari, o‘simliklar va simyog‘ochlarga yopishib qoladi. Ya’ni qirov atrofni qor kabi qamrab oladi.

Kristalli bulduruq suv bug‘i momiq gulchambarlar shaklida desublimatsiyasi natijasida hosil bo‘ladi. Biroz bulutli sovuq havoda -10° S dan past havo haroratida, muzli tumanda, yengil shamolda kuzatiladi. U ko‘pincha kechasi bir necha soat ichida sodir bo‘ladi. Kun davomida quyosh nuri ta’sirida asta-sekin erib tushadi, ammo bulutli ob-havo va soyada kun bo‘yi davom etishi mumkin.

Foto: Wikipedia

Donador bulduruq kunning istalgan vaqtida noldan -10° S gacha bo‘lgan havo haroratida va mo‘’tadil yoki kuchli shamolda tumandagi mayda tomchilarning cho‘kishi natijasida hosil bo‘ladi. Havo harorati pasayganda va tunda u kristalli bulduruqqa aylanishi mumkin.

Bulduruq sovug‘i juda kuchli bo‘lgani uchun o‘zbek xalqida “Bir bulduruq uch qorga tatiydi” degan maqol bor.

Foto: Wikipedia
Foto: Wikipedia

Mavzuga oid